431
o‘qitish jarayoniga shu pozitsiyadan qaraydi. Bilish sezishdan
boshlanadi. Sezish bo‘lmagan yerda bilish ham yo‘q, deydi u.
2. Chex qardoshlari jamoasi diniy jamoa bo‘lganligi
uchun
Komenskiy ham dindor ruhoniydir. Lekin Komenskiyning
ruhoniyligi turmushga amaliy qarash bilan bog‘liq edi.
3. Komenskiy dunyoqarashining ba’zi jihatlari Uyg‘onish davri
ta’sirida vujudga keladi.
Odamlarga nisbatan muhabbat,
hushchaqchaqlik, odamlarning yaxshilik yaratishiga ishonch bilan
qarash, bularning hammasi o‘rta asr odamiga nisbatan ishonchsizlik
bilan qarashga qarama-qarshidir.
Komenskiy tashqi obyektiv dunyoning hukm surishiga
ishonadi. Dunyo bir butun. Dunyoda
hamma narsa bir-biri bilan
bog‘liq. Ajralib qolgan narsa yo‘q. Dunyo qarama-qarshiliklardan
iborat. Dunyo qotib qolgan emas. U o‘sishda, o‘sish esa o‘z
qonuniyatiga ega. Qonuniyat borliqqa, ya’ni xudoga tegishli, deydi.
Komenskiy o‘zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga
uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchani ilgari suradi. „Buyuk
didaktika“da o‘qitish tabiiylikka bo‘ysunishi, o‘qitish
tabiat
talabiga bo‘ysunishi kerak, deydi.
Bolaning aqliy va jismoniy
Do'stlaringiz bilan baham: