Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1.
Jadidchilik harakatining kelib chiqish omillari nimalardan 
iborat? 
2.
Jadidchilik qanday g‘oyalarni ilgari surgan? 
3.
Turkistonning rivojlanishida jadidchilik harakati qanday 
ahamiyat kasb etadi? 
4.
Mahmudxo‘ja Behbudiy ta’lim tizimini rivojlantirishga 
qanday hissa qo‘shdi? 
5.
Avbdulla Avloniy va Abdurauf Fitrat Turkiston o‘lkasining 
ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-madaniy rivojlanishiga qanday hissa 
qo‘shdilar? 
 
 
 


429 
 
XVIII BOB. CHET EL VA ROSSIYADAGI ILG‘OR 
PEDOGOGIK G‘OYALAR. G‘ARBIY YEVROPADA 
MAKTAB, MAORIF HAMDA PEDAGOGIK FIKRLAR 
TARAQQIYOTI 
 
1. Yan Amos Komenskiy (1592‒1670) 
 
Buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy 1592 yil 28 mart 
“Ugorskiy Brod” degan joyda Moraviyada tegirmonchi oilasida 
dunyoga keladi. Uning oilasi ruhoniy “Chex qardoshlari” 
jamoasiga tegishli bo‘lib, bu jamoa Chexiyaning ozodligi uchun 
kurashuvchi vatanparvarlarni o‘z atrofiga to‘plagan edi. 
Komenskiy ota-onasidan ajralib, ancha vaqt o‘qiy olmaydi, 16 
yoshida “Chex qardoshlari” jamoasining yordami bilan lotin mak-
tabiga o‘qishga kiradi, bu yerda u tarbiya tizimining yomonligini, 
o‘quv metodlarining yaramasligini ko‘radi va tushunadi. “Men 
o‘sha vaqtdayot tarbiya masalasida mamlakatimni orqada 
ekanligini ko‘rdim. Men o‘sha davrdayoq fan va tarbiya hammaga 
tegishli bo‘lishi kerakligini o‘yladim” ‒ degan edi Komenskiy. 
Maktabni tugatgach Xorborni universitetiga (Germaniyada) 
o‘qishga kiradi, uni tugatgach Geydelberg universitetida ma’ruza 
kursini tinglaydi, bu universitetda o‘sha davrda ilg‘or professorlar 
ishlardi. Komenskiy Avstriya, Gollandiyada bo‘lib iqtisodiy, 
siyosiy va madaniy turmushni o‘rganadi. Shuningdek, o‘zining ilmi 
va dunyoqarashini kengaytiradi.
“Chex qardoshlari” ko‘chib kelib o‘rnashgan Polshadagi 
Leshno shahrida Komenskiy qardoshlik maktabiga rahbarlik qiladi, 
u yerda gimnaziya tashkil etadi. U o‘zining qariyb 80 yillik umri 
davomida pedagogika, ta’lim-tarbiya, falsafa, ilohiyotga oid 250 
dan ortiq asarlar, darsliklar yaratdi. Bulardan yiriklari: “Tillar va 
hamma fanlarning ochiq eshigi” (1631), “Buyuk didaktika” (1632), 
“Onalar maktabi” (1632), “Pansofiya maktabi” (1651), “Yaxshi 
tashkil etilgan maktab qonunlari” (1953), “Hislar vositasi bilan 


430 
idrok qilinadigan narsalarning suratlari” (1658) nomli asar va 
darsliklar. Shuningdek, logika, fizika, lotin tili, grek tili kabi 
kitoblar yozadi. Darsliklari hayotlik davridayoq ko‘p tillarga 
tarjima qilinib, Komenskiyning nomini butun dunyoga tanitadi. 
Komenskiy “Kishilik jamiyati ishlarini yaxshilash haqida hammaga 
taalluqli maslahat” nomli 7 jildli katta asar yozdi (U hayot ekanligi 
vaqtida hammasi bo‘lib 2 jildi bosilib chiqdi, qolgan jildlari esa 
faqat 1935 yilda topildi va Chexoslovakiyada chop qilindi). Bu 
asarida “Hammani va hamma narsada har tomonlama tuzatish”ning 
insonparvarlik va demokratik dasturini belgilab chiqdi va kishilik 
jamiyatini isloh qilish rejasini ilgari surdi. 
“Buyuk didaktika” asarida “pan sofiya g‘oyasini” (pan grek-
cha ‒ butun, hamma, sofiya ‒ donolik, aqllilik) hamma narsani 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling