Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Ya.A.Komenskiyning sinf-dars tizimi nimalardan iborat 
edi? 
2. Ya.A.Komenskiyning didaktikasi va undagi yangiliklar 
nimalardan iborat? 
3. Adolf Distervegning hayoti va ijtimoiy-pedagogik faoliyati 
haqida. 
 
 
 
 


440 
 
V BO‘LIM 
 
XIX BOB. PEDAGOGIK MAHORAT 
 
1. Pedagogik mahorat fanining nazariy asoslari va uning
o‘qituvchi faoliyatidagi ahamiyati 
Milliy mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirish sha-
roitida respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy va 
ma’naviy hayotida ro‘y berayotgan hodisalar, uni jahon hamjihat-
ligiga tezkor kirishini, hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtiso-
diyotini shakllantirish borasida olib borayotgan islohotlarni
tezlashtirishni talab etmoqda. Buni amalga oshirishning muhim
shartlaridan biri mamlakat mehnatkashlarining, hususan yoshlar 
ta’lim, tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilarning kasb malakalari va 
mahoratlarini takomillashtirish ehtiyojini tug‘diradi. Hozirgi kun-
da ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, pedagogik va axborot 
texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, 
e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining
sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘qituvchi va 
talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, 
zamonaviy texnologiyalar ularning egallayotgan bilimlarini o‘zlari 
qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto 
xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituv-
chi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, bilim olishi va tarbiyala-
nishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, 
yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Zero, bugungi kunda 
axborotlar oqimining keskin ko‘payishi, rivojlanishi, ilmiy texni-
kaviy taraqqiyotning jadallashuviga, mavjud pedagogik, psixolo-
gik, metodik, amaliy tayyorgarlikning ma’lum darajada “eskirishi” 
ga olib keldi va bu o‘z navbatida pedagogik mehnat bilan 
shug‘ullanuvchilarning kasbiy mahorati, ijodkorligini rivojlanti-
rishga e’tiborni yanada ko‘proq qaratish lozimligini taqozo etdi. 


441 
Pedagog avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexa-
nizmlarini yaxshi egallagan bo‘lishi lozim. Shu ma’noda peda-
gogning umumlashgan malakalari uning pedagogik texnikasi katta 
ahamiyatga molik bo‘ladi.
Mahorat-bu alohida qudrat. Mahoratga erishish ham, erish-
maslik ham mumkin. Pedagogik mahoratga yetishish pedagogning 
muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. 
Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatning ta-
raqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni shuningdek, pedagog 
shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi. 
“Pedagogik mahorat” bir kategoriya sifatida o‘zining ilmiy 
asoslariga ega. Olimlarning ilmiy yondashuvlari bu jarayonga 
nisbatan quyidagicha xulosa qilishga imkon berdi: 
Pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi individuallikning 
yorqin ko‘rinishi sifatida tushuniladi. 
Pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtayi 
nazaridan kishining individualligini xarakterlaydi. 
Hozirgi tadqiqotlarda pedagogik mahoratning o‘ziga xosligi 
quyidagi kategoriyalarda jamlanadi: 
Ta’lim - tarbiya ishlari jarayonida yuqori natijalarga erishib, ish 
faoliyatning yuksak darajada baholanishi va hamma tomondan tan 
olinishini istamaydigan pedagog topilmasa kerak. Bunga erishishni 
1
• Pedagogik mahorat 
2
• Pedagogik ijod
3
• Novatorlik
4
• Kasbiy bilimdonlik
5
• Faoliyat uslubi
6
• Innovatsion faoliyat
7
• Pedagogik texnologiya
8
• Mahorat


442 
hamda orzu-istaklarining ushalishini pedagogik mahorat deymiz. 
Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Mahorat nima?.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling