Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Pedagogik qobiliyat, qobiliyatning pedagogik – psixologik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
2. Pedagogik qobiliyat, qobiliyatning pedagogik – psixologik tasnifi Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo‘lib, bir tekisda bo‘lmay, biri yuqori biri o‘rta va biri quyi darajadan iboratdir. Faqat aqli zaif insonlarda qobiliyatni uchrata olmaymiz. Maktab o‘qituvchisining faoliyati inson shaxsini tiklantirishga qaratilgan. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo 446 bo‘ladi va rivojlanadi, qobiliyatni rivojlantirish esa layoqat, zehn, iste’dod ya’ni inson asab tizimida anatomik – fiziologik xususiyat bo‘lishi ham zarur. O‘qituvchining ba’zi psixik protsesslari unda shaxsga xos sifatlarining shunday kompleksini tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin. O‘qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qara- tilgandir. O‘qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. O‘qituvchi (pedagog, muallim, ustoz) – maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan va pedagogik faoliyat bilan (professional) shug‘ullanuvchi inson. O‘qituvchilik kasbini tanlagan inson hamma narsani biladi va hamma narsaga javobgar. O‘qituvchilik vazifasi uning har bir o‘sib kelayotgan avlod, jamiyat, davlat taqdiri uchun javobgarligi bilan xarakterlanadi. O‘qituvchi ta'lim–tarbiya jarayonining asosiy tashkilotchisidir. O‘quvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasi asosan o‘qituv- chiga, uning kasbiga, iymon–e’tiqodi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchilar tarbiyasiga oid pedagogik ishlar maxsus uyushqoqlik hamda muayyan malaka va ko‘nikma- larnigina emas, balki pedagogik qobiliyatlari darajasiga taalluqli bo‘lgan psixik xususiyatlari ham mavjud bo‘lishi kerak. Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ishini muvaffaqiyatli bajarishdagi subyektiv shart – sharoitini ifodalovchi individual psixik xususiyatlaridir. O‘qituvchining kasbiy faoliyati favqulotda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab etadi. Kasbiy pedagogik faoliyatning muaffaqiyati, xususiy peda- gogik qobiliyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi: − O‘quvchiga nisbatan sezgirlik; − Kommunikativlik – insonlarga yuz tutish, xayrxohlik, xushmuomilalik; − Perseptiv qobiliyatlar – kaspiy yetuklik, empatiya, peda- gogik tuyg‘u; − Shaxs dinamikasi – irodaga ta’sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati; 447 − Hissiy barqarorlik – o‘zini boshqara olish; − Kreativlik – ijodiy ish qobiliyati. Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilish, malaka va ko‘nikmalarini egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling