Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


O‘qitish, o‘rganish va o‘rgatish bo‘yicha qobiliyatlariga


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

O‘qitish, o‘rganish va o‘rgatish bo‘yicha qobiliyatlariga 
quyidagilar kiradi: 

 
O‘quvchini tushunishini ko‘rish va sezish hamda bunday 
tushinishning darajasini va xarakterini o‘rganish qobiliyati

 
O‘quv materialini mustaqil tanlab olish hamda o‘qitishning 
samara beruvchi usul va metodlarini belgilash qobiliyati; 

 
Materialni yetarli bayon qilish hamda uning barcha 
talabalarga tushunarligini ta’minlash qobiliyati; 

 
Talabalarning individualligini hisobga olgan holda o‘qitish 
jarayonini tashkil etish qobiliyati; 

 
O‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish 
qobiliyati; 

 
O‘quvchilaning katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil 
etish qobiliyati; 

 
O‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati; 

 
Mustaqil ta’lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati. 

 
Pedagogik jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga 
quyidagilar kiradi: 

 
Boshqa insonning ichki holatini to‘g‘ri baholash, unga
hamdardlik bildirish, hamnafas bo‘la olish qobiliyati (empatiya 
qobiliyati); 

 
Taqlid qilish uchun na’muna bo‘lish qobiliyati; 

 
Tarbiya jarayonida individual xususiyatlarini inobatga
olish qobiliyati; 

 
Muloqatning lozim topilgan uslubini hamda o‘z o‘rnini
topish, kelisha olish qobiliyati; 

 
Hurmat qozonish, ya’ni talabalar o‘rtasida obro‘ga ega
bo‘lish qobiliyati. 


448 
Pedagogik qobiliyatlar ichida pedagogik muloqatga bo‘lgan 
qobiliyat alohida ajralib turadi
O‘qituvchining talabalar bilan davomiy va samarali aloqalarini 
tashkil etishni kommunikativ qobiliyat bilan bog‘laydilar. 
Kommunikativ qobiliyat – bu pedagogik o‘zaro aloqalar doi-
rasida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladigan muloqot qobiliyatidir.
Hozirgi jamiyatimizda o‘qituvchining mustaqil ravishda bi-
limlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi – bir tomondan
o‘qituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli
borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa
ekanligidan dalolat beradi – chunki bu kechiktirib bo‘lmas jara-
yon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Psixo-
logik nuqtayi nazardan o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z bilimla-
rini oshirishi bilan shug‘ullanishi zarurdir. Chunki o‘qituvchilik 
mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog hamma vaqt 
odamlar orasida bo‘larkan, u odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib
kelayotgan haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib
berishi lozim.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling