Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


 Pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘llari


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
4. Pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘llari 
Ta’kidlash joizki, o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘quv-
chilar bilan olib boradigan muloqoti muhim ta’lim–tarbiyaviy aha-
miyatga ega. Bu pedagogik muloqotning butun tizimida uning 
ma’naviy mazmundorligini oshirishni talab etadi, zero aynan 
pedagogik muloqot, ta’lim – tarbiyaning ma’naviy asoslarini 
shakllantirishga qaratilgan. 
Ijtimoiy, psixologik, tarbiyaviy va ma’naviy vazifalarning 
murakkabligi o‘qituvchining kommunikativ faoliyatiga yuksak 
talablarni qo‘yadi.


451 
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida yuksak pedagogik va psixologik 
natijalarga erishishi uchun, ko‘p yillik nazariy va amaliy tajribalar 
asosida tadqiqotchi olimlar tomonidan taklif etilgan muloqotning 
quyidagi yo‘nalishlaridan foydalanish tavsiya etiladi: 
1. 
Prognostik yo‘nalish. O‘qituvchining muloqotga bevosita 
tayyorgarlik jarayonida o‘quvchilar bilan bo‘lajak har qanday 
muloqot turini modellashtirish. 
2. 
Muloqotning boshlang‘ich yo‘nalishi. O‘quvchilar bilan 
dastlabki muloqotni tashkil etish jarayonidayoq bevosita o‘zaro 
ta’sir metodlaridan foydalanib, tashabbuskorlikni qo‘lga olish. 
3. 
Muloqotning uchinchi yo‘nalishi. Tobora takomillashib
rivojlanib borayotgan pedagogik faoliyatda muloqotning turli 
texnologik shakllaridan unumli foydalanish va uni boshqarish. 
4. 
Muloqotning to‘rtinchi yo‘nalishi. Keyingi pedagogik 
faoliyat uchun olib boriladigan muloqot tizimini modellashtirish va 
muloqotning amalga oshirilgan tizimini doimiy tahlil qilib borish. 
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish vazifalari va vositalari hamda 
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: 
– Kommunikativ muloqot 
– Interaktiv muloqot 
– Perseptiv muloqot. 
1. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling