Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Pantomimikabu gavda, qo‘l, oyoq harakatidir. O‘qituvchi 
darsda o‘quvchi ma’lumotlarini bayon qilar ekan, gavda holati 
orqali ma’lumotlarning obrazini chiza olsa, o‘quvchilar bundan 
zavqlanadilar, ichki his-tuyg‘ulari, tashqi hissiyotlari bilan 
qo‘shilib butun borliq materiallar mazmunini o‘zlashtirishga 
qaratiladi. Gavdani rost tutib yura bilish, fikrlarini aniq va to‘liq 
bayon qila turib qo‘l, boshni turli harakatlarda ifodalash 
o‘qituvchining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning 


455 
uchun o‘qituvchi o‘quvchilar oldida o‘zini tuta bilish holatini 
tarbiyalash lozim (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyoq sal 
oldinga surilgan holda turish). O‘qituvchining harakatlari ma’noli, 
ortiqcha harakatlardan holi bo‘lmog‘i darkor. 
Masalan: keraksiz hollarda qo‘llari bilan imo – ishoralar qilish, 
boshini uyoq – buyoqqa tashlash va h.k. Bunday holatlar 
o‘quvchilarning g‘ashini keltiradi va o‘quvchi predmetiga, 
o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik his-tuyg‘ularini uyg‘otadi. 
O‘qituvchi sinfda yurgan paytida faqat oldin va orqaga yurishi tav-
siya qilinadi. U yondan, bu yonga yurish o‘quvchilar fikrini bo‘ladi. 
Old tomonga yurayotganida o‘qituvchi muhim voqealarni bayon 
qilishi lozim, chunki bunda o‘quvchilar o‘qituvchini butun diq-
qatlari bilan eshitayotgan bo‘ladilar. Orqa tomonga qarab yurayot-
ganda uncha ahamiyatga molik bo‘lmagan fikrlar aytilsa ham bo‘-
ladi.Chunki bu vaqtda o‘quvchilar bir oz erkin holatda bo‘ladilar. 
O‘qituvchining o‘z xatti-harakatini idora qilishi tizimida o‘z 
hissiy (psixik) holatini boshqara olishi muhim ahamiyatga 
ega.O‘qituvchi ta’sir ko‘rsatish vaqtida (darsda, darsdan tashqari 
mashg‘ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o‘z hissiyotini 
boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umidbaxshlik, xayrxohlik 
kayfiyatda bo‘la olish qobiliyatlarga ega bo‘lishi zarur. Bir adib 
aytganidek, “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, 
quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi 
kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin” va o‘qitsin. Bunday
malakaga ega bo‘lgan pedagog o‘z-o‘zini nazorat qila oladi, ko‘p 
yillik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalab 
asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini saqlay 
oladi. O‘z xatti-harakatini, hissiy holatini nazorat qilishda pedagog
o‘zida quyidagilarni shakllantirishi lozim: 
− 
o‘z xulqini nazorat qilish, (muskul zo‘riqishini, harakati, nutq
tempi, nafas olishini tartibga solish): 
− 
faoliyatni dam oldirish, ya’ni lirik, musiqaviy, yumoristik,
jismoniy pauzalarni yaratish:
− 
o‘z-o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatish va hokazo. 
O‘qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatish uchun o‘qituvchi aktyorlik va rejissyorlik malakalariga 


456 
ham ega bo‘lishi lozim. Ma’lum mavzular, obrazlar, tarixiy 
qahramonlarni xarakterlayotganda aktyorlik, o‘quvchilarda ushbu 
xususiyatlarni tarbiyalashda esa rejissyorlik malakalari zarur. 
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan kasbkorlik malakalari o‘qituvchining 
o‘quv va maxsus fanlar bo‘yicha bilimlari, pedagogik mahoratni 
egallashga intilish, o‘z kasbiga qiziqish va burch, hamda 
ma’suliyatni his qilish asosida egallanadi. Va ular yoshlarni 
o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim 
olish ishlariga yordam beradi. Masalan, nutq texnikasini, his – 
tuyg‘u, mimik, pantomimik malakalari bilan qo‘shib olganda 
amalga oshirish bunda so‘z, gap ohangi, qarash, imo – ishora bilan, 
kutilmagan pedagogik vaziyatda osoyishtalik bilan aniq fikr 
yuritish, tahlil qilish qobiliyatiga asoslansa maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Bu xususiyatlar pedagogning individual psixik fiziologik 
fazilatlari asosida tarkib topadi. Individual pedagogik texnika 
o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l – atvori, sihat – salomatligi 
va anatomik – fiziologik xususiyatiga bog‘liqdir. Shunday qilib, 
o‘qituvchi – tarbiyachi o‘zida yuqoridagi malakalarni tarbiyalasa, 
ularning mazmunini chuqur o‘zlashtirsa pedagogik texnikani 
egallashning imkoni bo‘ladi va u o‘qituvchini pedagogik mahorat 
sari yetaklaydi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling