Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, ularni ta’lim 
jarayonida qо‘llash imkoniyatlari, shaxsning ta’lim-tarbiyasi va 
rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik 
dasturiy vositalar, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari 
vositalarini yaratish, ularni о‘quv-tarbiya jarayonida qо‘llashning 
didaktik asoslari, о‘quv maqsadli elektron vositalarni yaratish va 
foydalanishdagi pedagogik-ergonomik talablar va ularning sifatini 
baholash, о‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini 
va 
ta’lim 
muassasalari 
tashkiliy-boshqaruv 
tizimini 
avtomatlashtirish va uning istiqbollari, elektron-о‘quv materiallari 
bazasining tuzilmasi va tarkibi, ta’limiy internet resurslar va 


472 
ulardan о‘quv jarayonida foydalanish, elektron о‘quv-metodik 
materiallar majmuasi, uning tuzilmasi va tarkibi, axborot va 
kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta’limiy maq-
sadlarda samarali va qulay foydalanishning pedagogik-ergonomik 
shart sharoitlari, informatika va axborot texnologiyalari xonasiga 
qо‘yiladigan talablar va unda ta’lim jarayonini tashkil etishning 
metodik jihatlari, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari 
vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanishning istiqbolli 
yо‘nalishlari va kelajagi.
Pedagogik dasturiy vositalar. Asosiy tushunchalar: pedago-
gik dasturiy vositalarning umumiy ta’rifi, namoyish etuvchi 
dasturlar, nazorat qiluvchi dasturlar, о‘rgatuvchi dasturlar, dasturiy 
vositalarning didaktik imkoniyatlari, ekspert-о‘rgatuvchi tizimlar, 
avtomatlashtirilgan о‘rgatuvchi tizimlar, foydalanuvchi va 
pedagogik-dasturiy vositalarning о‘zaro hamkorligini tashkil etish 
metodlari. Pedagogik-dasturiy vositalar yaratish tamoyillari: 
talabalarning psixofiziologik xususiyatlarini va kompyuterning 
texnik imkoniyatlarini hisobga olish, о‘qitish strategiyasining 
ustuvorligi; pedagogik, psixologik va funksional tо‘lalik, motivat-
siyali faollashtirishning ta’minlanganligi, qо‘llashdagi universallik 
va modul tuzilishga egalik. Pedagogik-dasturiy vositalar sse-
nariyasini yaratish texnologiyasi: foydalanish maqsadini aniqlash, 
о‘quv materiallarini tahlil qilish va tanlash, uni strukturalash va 
formallashtirish, pedagogik ssenariyni taqdim etish. Pedagogik-
dasturiy vositalar asosida о‘quv faoliyatini boshqarish. Dasturlash 
tillarida pedagogik-dasturiy vositalar yaratish texnologiyasi. 
Avtomatlashgan о‘rgatuvchi tizimlar. О‘qitish uchun axborot 
resurslarining integratsiyasi: didaktik vositalarning uyg‘unligi, 
an’anaviy va pedagogik-dasturiy vositalardan kompleks foyda-
lanish. Pedagogik-dasturiy vositalarni yaratishning texnik vosita-
lari. “Lektor” tizimi va undan pedagogik-dasturiy vositalarni 
yaratishda foydalanish. Pedagogik-dasturiy vositalar bо‘yicha 
praktikum.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling