Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


О‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida о‘quvchilar


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
О‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida о‘quvchilar 
bilimini nazorat qilishi 
О‘quvchilar bilimini baholashning kompyuter tizimi va 
о‘zlashtirish monitoringini tashkil etish uchun avvalo, zamonaviy 
ta’lim tizimida о‘qitishning sifatini tashxis qilishga, ya’ni uning 
holatini aniqlamay turib, undagi jarayonlarni samarali 
boshqarishga, ta’limda ma’lum bir maqsadga erishishning iloji 
yо‘qligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. О‘quvchilarning 
yakunlovchi bilim va malakalarini ta’lim jarayonida turli mezonlar 
va yondashuvlarga tayanib aniqlash, bu jarayonlarga zamonaviy 
axborot texnologiyalarini qо‘llash, ularning qо‘yilgan didaktik 
talablarga haqiqatan mosligini nazorat qilish mumkin. 


468 
Bunda pedagogik tashxis, о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va 
malakalarini shakllantirish darajasini aniqlashni, nazorat qilishni, 
baholashni, yig‘ish va statistik ma’lumotlarning tahlili hamda 
kelgusida bu jarayon rivojini bashorat qilishni о‘z ichiga oladi. 
Metodik adabiyotlarda о‘quvchilar о‘zlashtirishlarining tashxisi, 
ular tomonidan erishilgan yutuqlarning darajasi sifatida qayd etish 
ekanligiga e’tiborni qaratsak, unda pedagogik tashxisning maqsadi, 
ta’lim jarayoni borishining tahlili va uni baholashni о‘z vaqtida 
aniqlanishidan iborat bо‘ladi.
Ma’lumki, ta’lim jarayonini bunday baholash, faqat 
о‘quvchining о‘zlashtirish darajasini belgilash bilan chegaralanib 
qolmay, о‘qish jarayonini rag‘batlantirishda muhim pedagogik 
vosita va ijobiy motiv uyg‘otish bilan о‘quvchi shaxsiga kuchli 
ta’sir etadi. Shu xilda о‘quvchini obyektiv baholash asosida unda 
adekvat ravishda о‘z-о‘zini baholash imkoniyati tug‘iladi va о‘z 
muvaffaqiyatlariga tanqidiy munosabatning shakllanishi qayd 
etiladi. Shu nuqtayi nazardan о‘quvchi bilim, kо‘nikma va mala-
kalarini baholash, ayniqsa, bilimlarini nazorat qilishning kompyu-
terlashtirilgan tizimi, zamonaviy axborot-pedagogik tizimlarida, 
ularda bilimni nazorat qilishni tashxisiy ahamiyati va haqqo-
niyligini samarali bajarish maqsadida tinmay izlanishlar va tako-
millashtirish ishlarini olib borish taqozo qilinadi. Mazkur masa-
laning yechimi о‘qitishning maqsadga muvofiq va haqqoniy bо‘li-
shida, iloji boricha aniq va asoslangan usul sifatida qayd qilingan. 
Kompyuter texnologiyalari asosidagi о‘quvchilar bilimini 
nazorat qilish faqat mutaxassis о‘qituvchilar tomonidan emas, balki 
pedagogik jarayon ishtirokchilari tomonidan ham amalga 
oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday texnologiyalarni moni-
toring tizimida joriy qilishda pedagogik jarayon ishtirokchilarining 
axborotga, bilimga bо‘lgan ehtiyoj va ishtiyoqlarini faollashtirishga 
erishish zarur.
О‘quvchilar bilimi, kо‘nikma va malakalarini nazorat qilish 
kompyuter tizimining asosiy maqsadi, ular erishgan yutuqlar va 
muvaffaqiyatlarni aniqlash, uni takomillashtirish yо‘llarini 
kо‘rsatish, shu asosda о‘quvchilarga samarali ijodiy faoliyat 
kо‘rsatish uchun sharoit yaratishdan iborat. Bu maqsad, birinchi 


469 
navbatda, о‘quvchilar tomonidan о‘quv materiallarini о‘zlashtirish 
sifati bilan, ya’ni о‘quv dasturida belgilangan bilim, kо‘nikma va 
malakalarni egallash darajasi bilan bog‘liq. Ikkinchi tomondan, 
kompyuter nazoratining asosiy maqsadini aniqlashtirish, о‘zaro, 
shuningdek, о‘z-о‘zini nazorat qilish bо‘yicha yondashuvlarni 
amalga oshirish hamda о‘zaro va о‘z-о‘zini nazorat qilishga 
bо‘lgan ehtiyojning shakllanishi bilan bog‘liq. Uchinchidan esa, bu 
maqsad о‘quvchilarda bajarilgan ish uchun javobgarlikning 
namoyon bо‘lishi kabi shaxsning ijobiy sifatlarini tarbiyalashga 
qaratilgan bо‘ladi. 
 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling