Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Darslarni taxminan quyidagisha tahlil qilish mumkin


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Darslarni taxminan quyidagisha tahlil qilish mumkin: 
 
– dars haqida umumiy ma’lumot: sinf, fan, mavzu, o‘qituvchi 
ma’lumoti va ish faoliyati
– darsning maqsad va vazifalari, tuzilishi, darsni rejalash-
tirilishi, vaqtdan foydalanish, sinfning sanitariya-gigiyena sharoiti; 
– darsning mazmuni, berilayotgan materialning dasturga mos-
ligi, ilmiyligi, bolalar yoshiga muvofiqligi, hayot bilan bog‘liqligi, 
yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish tartibi, 
mavzu mazmunining tarbiyaviy xarakteri
– dars o‘tish usuli, yangi dars materialining o‘tgan mavzuga 
qanday bog‘lanishi, takrorlash va bolalar bilimini baholash, ko‘r-
satmali materiallardan foydalanish, o‘quvchilarning mustaqil 
ishlari, uy vazifasining berilishi; 
– o‘quvchilarning darsdagi diqqati, qiziqishi, faolligi, ishti-
yoqi, intizomi; 
– o‘quvchining xulqi, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muo-
malasi, sinfni boshqara olishi, nutq madaniyati, tashqi qiyofasi, shu 
sinf o‘quvchilari o‘rtasida uning obro‘si; 


483 
– darsning natijasi; 
– darsning ijobiy va salbiy tomonlari. 
 
Maktab direktori rahbarlik vazifasini bajarishda: 
 
1. Ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy yetuklik: davlat va ta'lim siyo-
satini to‘g‘ri tushunish va talqin qilishi; 
2. Direktorlik lavozimiga zarur bo‘lgan tajriba, bilim, ko’nik-
ma, malakaga ega bo‘lishi
3. Ta'lim tizimi va o‘quv muassasasi o‘qituvchilari, xodimlari, 
o‘quvchilar faoliyatini oldindan seza bilishi, shunga qarab chora 
tadbirlarni belgilashi; 
4. Axloqli va tarbiyalanganligi obro‘-e'tibori, rostgo‘ylik, ado-
latlilik, kamtarlik, kamtarinlik, barcha kamchiliklarga murosasiz 
bo‘lishi; 
5. So‘zi bilan ishi birligi - ishchanlik va uddaburonlik; 
6. Inson psixologiyasini bilishi - aniq bir maqsadga yo’nal-
tirilganlik, har tomonlama rivojlangan psixologik muhit o’rnatishga 
intilishga erisha olishi; 
7. Ta'lim muassasasining barcha rahbariyati - pedagogik x-
odimlarning vazifalarini to‘g‘ri taqsimlay olish ularning natijalarini 
xolisona baholashi
8. Ta'lim muassasalari pedagogik xodimlari va o‘quvchilar 
bilan samimiy munosabatda bo‘lish, mumkin qadar qulay sharoit 
yarata olishi; 
9. O‘z mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil eta olish, o‘quv 
tarbiyaviy jarayonini samarali bo‘lishiga imkoniyat yarata olishi; 
10. Pedagog - o‘qituvchilar, xodimlari, o‘quvchilarning sog‘lom 
bo‘lishlari, ishchanlik holatlarini saqlashi, ularning kundalik ehtiyoj-
larini qondirishga bo‘lgan sharoitni yaratish, zarur moddiy hamda 
ma'naviy yordam berishning imkoniyatlarini tanlay bilishi zarur. 
Rahbarlik amal kursisi emas, kasbdir. Direktorning rahbarlik 
tushunchasini quyidagicha ifodalash mumkin. Rahbarlik – bu: 
Yo‘naltirish – pedagogik va o‘quvchilar jamoasini milliy 
istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari, tamoyillari asosida fao-
liyat ko‘rsatishga yo‘naltirish; 


484 
Vazifa qo‘yish - “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta'lim 
to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, shu kabi rasmiy hujjatlar asosi-
da pedagog va o‘quvchilar jamoasi oldiga shaxs va jamoani
tarbiyalash bo‘yicha vazifa qo‘yadi; 
O‘rganish - Pedagogik jamoani ta'lim-tarbiya jarayonini sama-
rali tashkil etish uchun aniq maqsad qo‘yish va kerakli metod,
shakllari topishga o‘rganish; 
Yordam berish - jamoada mehnat faoliyati va ta'lim-tarbiya 
ishlarini tashkil etish va faollashtirishga yordam beradi; 
Qo‘llash - pedagogik va o‘quvchilar jamoasi, o‘qituvchi o‘quv-
chilar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; 
Maslahat berish - jamoaga o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishla-
tishlari uchun kerakli amaliy uslubiy maslahatlar berish; 
Kuzatish - kattalar va bolalar jamoasining saviyasi, axloqiy va
madaniy-ma'rifiy o‘sishini takomillashtirib borishini kuzatish va 
o‘rgatish; 
Tartibga solish - jamoaning ishga bo‘lgan va o‘zaro muno-
sabatlarini, jamoa a'zolarining mehnat faoliyatlarini ijobiy salbiy 
tomonlarini tartibga solish; 
Ko‘rsatma berish - jamoaga mehnat faoliyatlarini tashkil etish-
lariga kerakli ko‘rsatma berish; 
Nazorat qilish - pedagogik xodimlar va o‘quvchilar faoliyatlari 
natijalarini muntazam nazorat qilib berish. 
Boshqaruvning quyidagi turlari farqlanadi: 
1. Avtoritar: ya'ni yakka hokimlik usulida barcha ishlarni o‘zi 
hal etishga harakat qilishi “Men”ini yuqori qo‘yish; 
2. Demokratik: ya'ni pedagogik jamoa va o‘quvchilar bilan 
hamkorlikda fikrlashib ish olib borish
3. Liberal: ya'ni o‘z ishiga, vazifalariga e'tiborsizlik bilan 
qarash, mas'uliyatni sezmaslik.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling