Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Ma'naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
- Maktab direktorining funksional vazifalari .
Ma'naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ta'lim
muassasalarining tarbiyaviy ishlarga bevosita rahbarlik qiluvchi mas'ul shaxsdir. Oliy ma'lumotli, kamida uch yillik pedagogik stajga ega bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchilargina mazkur lavozimda ishlashlari mumkin. Uning nomzodini ta'lim muassasasi rahbari tavsiya etadi, tuman, (shahar) xalq ta'limi bo‘limi tomonidan tasdiqlanadi. Ma'naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta'lim muassasasida tarbiyaviy jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishini, tarbiyaviy ishlarning yillik rejasini ishlab chiqarish va uning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish, ichki tartib qoidalariga rioya 480 etilishini ta'minlash, o‘quvchi va xodimlarning ma'naviy qiyofasini shakllantirish, ularning xulq-atvorlari ustidan nazoratni tashkil etish kabi ishlarni olib boradi. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta'lim muassasa- sining xo‘jalik-moliyaviy ishlarini yuritish ishiga mas'ul sanalgan shaxsdir. Ushbu lavozimga nomzodni ta'lim muassasasi rahbari tavsiya etadi va tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limi tasdiqlaydi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy mablag‘ bilan o‘quv muassa- sasining ta'minlanishi, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish borasidagi takliflar bilan chiqish, ta'lim muassasasining o‘quv jihozlar bilan ta'minlanishi, binoning joriy hamda to‘la ta'mir- lanishiga erishish kabi masalalarni hal etishdan iboratdir. Maktab direktorining funksional vazifalari. Maktab direktori ta'lim muassasasining asosiy maqsadi bo‘lgan ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish rivojlantirishda o‘ziga xos bo‘lgan axborot-tahlil, maqsadli-motivlashtirish, oldindan ko‘rish, rejalashtirish, tashki- liy-ijrochilik, nazorat-tashxis va tartibga solish, muvofiqlashtirish funksiyalarini tizimli va to‘g‘ri amalga oshirishi zarur. Axborot- tahlil funksiyasi boshqaruvda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, axborotlarni olish va tahlil qilish nazarda tutiladi. Bundan ko‘zlangan birinchi maqsad - pedagogik tizimlar to‘g‘risida muntazam ravishda axborotlar to‘plab borish, ularni chuqur o‘rganish hamda obyektiv baholashdan iborat. Olingan xulosalar asosida boshqaruv faoliyatining strategiyasi, rivojlanish omillarini aniqlash, chora-tadbirlarini belgilash, ularning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilib borishni yo‘lga qo‘yish lozim. Bunda axborotlar ishonchli, yangi bo‘lishi zarur. Maqsadli – motivlashtirish funksiyasini amalga oshirishda, avvalo, ta'lim muassasasi oldiga qo‘yilgan maqsad umumiy ekan- ligini hamda mavjud shart-sharoitlar va vaziyatlarni hisobga olish zarur. Shuningdek, vazifalarni taqsimlashda maqsadlarning birli- gini saqlash, topshiriqlarning bajaruvchilar tomonidan o‘z vaqtida va samarali bajarilishi uchun maqsadni belgilash jarayoniga ularni ham jalb etish, kutilayotgan natija yuzasidan oldindan tushunchaga ega bo‘lish, topshiriqlar tahlil qilinib ularning bajarilish muddatini aniq belgilash zarur. Bunda motivlarning xususiyatlarini hisobga 481 olish, ya’ni ularning qaysi biri boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga, qaysilari samarali harakatlar rejasini tuzishga imkoniyat yaratishini bilish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Oldindan ko‘ra bilish – rejalashtirish funksiyasi tashkiliy shakllar, usullar bo‘lib, ta’sir etuvchi vositalarni aniqlaydi, nazo- ratning me’yori va natijalarini baholashga xizmat qiladi. Shuning- dek, pedagogik tizim va uning ishtirokchilari faoliyatini muvofiq- lashtirish, tartibga solishga imkoniyat yaratadi. Demak, rahbar tomonidan ta'lim muassasasining holatini, erishgan natijalarini, rivojlanish imkoniyatlari va dinamikasini aniqlash, jamoadagi ruhiy muhit, o‘zaro munosabat va ehtiyojlarni o‘rganish hamda bar- cha uchun qulay bo‘lgan o‘zaro ta’sir jarayonini vujudga keltirish strategiyasini belgilash oldindan ko‘rish-rejalashtirish funk- siyasining asosini tashkil etadi. Tashkiliy – ijrochilik funksiyasi. Boshqaruv faoliyatining bar- cha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topadi. Bu funksiyaning mohiyati kadrlarni tanlash, ularni joyiga qo‘yish, ijrochilarning o‘zaro ta’sir etish tizimini shakllantirish, axborotlar to‘plash va ularga ishlov berish bilan bog‘liq. Bu faoliyat natijasida ma’lum bir pedagogik boshqaruvga xos tarkibiy tizim vujudga keladi. Uni samarali amalga oshirish o‘zaro ishonch va yordam, har kimga tanlash hu- quqini berish, faqat maqsadni emas, balki unga erishish mezonlarini ham belgilash, xodimlarning kasbiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini to‘la namoyon etish uchun sharoitlar yaratish, tashabbuskorlikni rag‘batlantirish va har bir xodimning mehnatini obyektiv baholash bilan bog‘liq bo‘lib, jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitning vujudga kelishida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Nazorat - tashxis funksiyasi. Nazorat boshqaruv jarayonida amalga oshiriladigan barcha funksiyalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik tizimni boshqarish jarayonida ko‘zlangan yo‘nalishdan ma’lum bir ma’noda og‘ishlar ham vujudga kelishi mumkin. Aynan shunday vaziyatlarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolarning sababini o‘z vaqtida aniqlash va tuzatish usullarini belgilashda nazoratning o‘rni muhim. Tartibga solish-muvofiqlashtirish funksiyasi pedagogik tizim- ning holatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi 482 sifat darajasiga ko‘tarish va pedagogik jarayonda yo‘l qo‘yilayot- gan xatolarni tuzatish hamda ishtirokchilarning xatti-harakatlarini tartibga solish uchun xizmat qiladi. Mazkur funksiya yordamida pedagogik tizim subyektlarning faoliyati o‘zaro muvofiqlashtiri- ladi. O‘z navbatida muvofiqlashtirish pedagogik tizimning harakat yo‘nalishi bilan birga barcha bo‘g‘inlarning o‘zaro uyg‘un- lashuvida yuqori darajadagi tezkorlikni talab etadi. Maktab rahbari boshqaruvda pedagogik jamoaning ilmiy-pedagogik faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, rejalashtiradi, rag‘batlan- tirish vositalari va usullarini belgilaydi, shu jarayonlarni nazorat qilib boradi. Jumladan yosh pedagogning o‘zi tanlagan kasbiga mehr qo‘yishi, o‘qituvchilik kasbining sirlarini mukammal o‘rga- nishi va unda o‘z kelajagiga nisbatan ishonch tuyg‘ulari rivojlani- shida ham maktab direktori katta ta'sir kuchiga ega shaxs hisob- lanadi. Maktab direktori yosh o‘qituvchilarning darslarini kuza- tishi, tahlil qilishi, zaruriy ko‘rsatmalar berishi zarur. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling