Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Ma'naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Ma'naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ta'lim 
muassasalarining tarbiyaviy ishlarga bevosita rahbarlik qiluvchi 
mas'ul shaxsdir. Oliy ma'lumotli, kamida uch yillik pedagogik 
stajga ega bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchilargina mazkur lavozimda 
ishlashlari mumkin. Uning nomzodini ta'lim muassasasi rahbari 
tavsiya etadi, tuman, (shahar) xalq ta'limi bo‘limi tomonidan 
tasdiqlanadi. Ma'naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta'lim 
muassasasida tarbiyaviy jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishini, 
tarbiyaviy ishlarning yillik rejasini ishlab chiqarish va uning 
bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish, ichki tartib qoidalariga rioya 


480 
etilishini ta'minlash, o‘quvchi va xodimlarning ma'naviy qiyofasini 
shakllantirish, ularning xulq-atvorlari ustidan nazoratni tashkil 
etish kabi ishlarni olib boradi. 
Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta'lim muassasa-
sining xo‘jalik-moliyaviy ishlarini yuritish ishiga mas'ul sanalgan 
shaxsdir. Ushbu lavozimga nomzodni ta'lim muassasasi rahbari 
tavsiya etadi va tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limi tasdiqlaydi. 
Uning asosiy vazifasi moliyaviy mablag‘ bilan o‘quv muassa-
sasining ta'minlanishi, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish 
borasidagi takliflar bilan chiqish, ta'lim muassasasining o‘quv 
jihozlar bilan ta'minlanishi, binoning joriy hamda to‘la ta'mir-
lanishiga erishish kabi masalalarni hal etishdan iboratdir. 
Maktab direktorining funksional vazifalariMaktab direktori 
ta'lim muassasasining asosiy maqsadi bo‘lgan ta'lim-tarbiya ishini 
tashkil etish rivojlantirishda o‘ziga xos bo‘lgan axborot-tahlil,
maqsadli-motivlashtirish, oldindan ko‘rish, rejalashtirish, tashki-
liy-ijrochilik, nazorat-tashxis va tartibga solish, muvofiqlashtirish 
funksiyalarini tizimli va to‘g‘ri amalga oshirishi zarur.
Axborot- tahlil funksiyasi boshqaruvda alohida ahamiyatga ega 
bo‘lib, axborotlarni olish va tahlil qilish nazarda tutiladi. Bundan 
ko‘zlangan birinchi maqsad - pedagogik tizimlar to‘g‘risida 
muntazam ravishda axborotlar to‘plab borish, ularni chuqur 
o‘rganish hamda obyektiv baholashdan iborat. 
Olingan xulosalar asosida boshqaruv faoliyatining strategiyasi, 
rivojlanish omillarini aniqlash, chora-tadbirlarini belgilash
ularning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilib borishni yo‘lga 
qo‘yish lozim. Bunda axborotlar ishonchli, yangi bo‘lishi zarur.
Maqsadli – motivlashtirish funksiyasini amalga oshirishda, 
avvalo, ta'lim muassasasi oldiga qo‘yilgan maqsad umumiy ekan-
ligini hamda mavjud shart-sharoitlar va vaziyatlarni hisobga olish 
zarur. Shuningdek, vazifalarni taqsimlashda maqsadlarning birli-
gini saqlash, topshiriqlarning bajaruvchilar tomonidan o‘z vaqtida 
va samarali bajarilishi uchun maqsadni belgilash jarayoniga ularni 
ham jalb etish, kutilayotgan natija yuzasidan oldindan tushunchaga 
ega bo‘lish, topshiriqlar tahlil qilinib ularning bajarilish muddatini 
aniq belgilash zarur. Bunda motivlarning xususiyatlarini hisobga 


481 
olish, ya’ni ularning qaysi biri boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri 
yo‘naltirishga, qaysilari samarali harakatlar rejasini tuzishga 
imkoniyat yaratishini bilish o‘ziga xos ahamiyatga ega. 
Oldindan ko‘ra bilish – rejalashtirish funksiyasi tashkiliy 
shakllar, usullar bo‘lib, ta’sir etuvchi vositalarni aniqlaydi, nazo-
ratning me’yori va natijalarini baholashga xizmat qiladi. Shuning-
dek, pedagogik tizim va uning ishtirokchilari faoliyatini muvofiq-
lashtirish, tartibga solishga imkoniyat yaratadi. Demak, rahbar 
tomonidan ta'lim muassasasining holatini, erishgan natijalarini, 
rivojlanish imkoniyatlari va dinamikasini aniqlash, jamoadagi 
ruhiy muhit, o‘zaro munosabat va ehtiyojlarni o‘rganish hamda bar-
cha uchun qulay bo‘lgan o‘zaro ta’sir jarayonini vujudga keltirish 
strategiyasini belgilash oldindan ko‘rish-rejalashtirish funk-
siyasining asosini tashkil etadi.
Tashkiliy – ijrochilik funksiyasi. Boshqaruv faoliyatining bar-
cha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topadi. Bu funksiyaning mohiyati 
kadrlarni tanlash, ularni joyiga qo‘yish, ijrochilarning o‘zaro ta’sir 
etish tizimini shakllantirish, axborotlar to‘plash va ularga ishlov 
berish bilan bog‘liq. Bu faoliyat natijasida ma’lum bir pedagogik 
boshqaruvga xos tarkibiy tizim vujudga keladi. Uni samarali 
amalga oshirish o‘zaro ishonch va yordam, har kimga tanlash hu-
quqini berish, faqat maqsadni emas, balki unga erishish mezonlarini 
ham belgilash, xodimlarning kasbiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini 
to‘la namoyon etish uchun sharoitlar yaratish, tashabbuskorlikni 
rag‘batlantirish va har bir xodimning mehnatini obyektiv baholash 
bilan bog‘liq bo‘lib, jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik 
muhitning vujudga kelishida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. 
Nazorat - tashxis funksiyasi. Nazorat boshqaruv jarayonida 
amalga oshiriladigan barcha funksiyalar bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Pedagogik tizimni boshqarish jarayonida ko‘zlangan yo‘nalishdan 
ma’lum bir ma’noda og‘ishlar ham vujudga kelishi mumkin. Aynan 
shunday vaziyatlarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolarning sababini o‘z 
vaqtida aniqlash va tuzatish usullarini belgilashda nazoratning o‘rni 
muhim.
Tartibga solish-muvofiqlashtirish funksiyasi pedagogik tizim-
ning holatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi 


482 
sifat darajasiga ko‘tarish va pedagogik jarayonda yo‘l qo‘yilayot-
gan xatolarni tuzatish hamda ishtirokchilarning xatti-harakatlarini 
tartibga solish uchun xizmat qiladi. Mazkur funksiya yordamida 
pedagogik tizim subyektlarning faoliyati o‘zaro muvofiqlashtiri-
ladi. O‘z navbatida muvofiqlashtirish pedagogik tizimning harakat 
yo‘nalishi bilan birga barcha bo‘g‘inlarning o‘zaro uyg‘un-
lashuvida yuqori darajadagi tezkorlikni talab etadi. Maktab rahbari 
boshqaruvda pedagogik jamoaning ilmiy-pedagogik faoliyati 
maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, rejalashtiradi, rag‘batlan-
tirish vositalari va usullarini belgilaydi, shu jarayonlarni nazorat 
qilib boradi. Jumladan yosh pedagogning o‘zi tanlagan kasbiga 
mehr qo‘yishi, o‘qituvchilik kasbining sirlarini mukammal o‘rga-
nishi va unda o‘z kelajagiga nisbatan ishonch tuyg‘ulari rivojlani-
shida ham maktab direktori katta ta'sir kuchiga ega shaxs hisob-
lanadi. Maktab direktori yosh o‘qituvchilarning darslarini kuza-
tishi, tahlil qilishi, zaruriy ko‘rsatmalar berishi zarur.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling