Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

SHAKL 
MAZMUNI 
AVTORITAR USLUB 
Qisqa ish farmoyishlari
Po‘pisali ta'qiqlar; Qo‘l osti-
Guruh ishlari rahbar tomo-
nidan oldin rejalashtiriladi; Qa-


485 
dagilar bilan sovuqqon muo-
mala; Maqtov va tanbeh 
subyektiv; Rahbarning o‘rni-
guruhdan tashqarida, undan 
yuqorida. 
rorlar o‘zboshimchalik bilan qa-
bul qilinadi; Rahbarning so‘zi - 
qat'iy; Faqat bevosita maqsadlar 
qabul qilinadi, istiqbol noma'lum. 
DEMOKRATIK USLUB 
Qo‘llanmalar taklif sifatida 
beriladi; O‘rtoqlik, muomala, xo-
dimlarga hurmatli va e'tiborli 
munosabat; Farmoyishlar va ta'-
qiqlar munozaralar asosida bo‘ladi; 
Maqtov va tanbehlar-maslahat 
bilan; Rahbarning o‘rni –guruh 
ichida. 
Tadbirlar yakka emas
guruh bilan rejalashtiriladi; 
Qarorlar kollegial muhokama 
qilinadi; Taklifni bajarilishida 
hamma javobgar (rahbar ham, 
xodimlar ham). 
LIBERAL USLUB 
Maqtov va tanbehlar yo‘q; 
Jamoa ishlarida rahbar umu-
man chetlashgan; 
Hech qanday hamkorlik 
yo‘q. 
Ishlar guruhda o‘z-o‘zidan 
boradi; Rahbar topshiriqlar ber-
maydi; Kichik guruhlar lider-
larning ayrim manfaatlari hiso-
biga ish qisman bajariladi. 
 
 2. Maktab pedagogik jamoasi 
 
Maktab pedagogik kengashi. Pedagogik kengash maktab direk-
tori huzuridagi maslahat kengashi bo‘lib, uning qarorlari 
o‘qituvchilar jamoasining yagona va umumiy fikrini aks ettiradi. 
Shuning uchun uning ta’sir kuchi katta. Pedagogik kengash qabul 
qilgan qarorlar maktab uchun ham, direktor uchun ham majburiy 
hisoblanadi. Chunonchi, ta'lim-tarbiya ishlarining holati, yutuq va 
kamchiliklari, o‘qituvchi-xodimlarni davlat mukofotlariga tavsiya 
etish, (maktablarda o‘quvchilarni sinfdan sinfga ko‘chirish) 
o‘quvchini haydash kabi masalalar pedagogik ilmiy kengashda hal 
qilinadi, pedagogik kengash ilmiy yig‘ilishlarida respublika 
hukumati qarorlari, Prezident farmonlari, yuqori organlarning 
ko‘rsatmalari masalan, XTV va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazir-
liklarining amalga oshirishga doir tadbirlarni belgilash, ta'lim 


486 
jarayonini amalga oshirish, ta'lim-tarbiya ishlarini yaxshilash
innovatsion va axborotli texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq 
etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, oila, jamoatchilik bilan 
ta'lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yuzaga keltirish uni 
mustahkamlash va hokazo masalalar ko‘rib chiqiladi. Kengashning 
har bir a'zosi ta'lim-tarbiya ishiga oid masalani o‘z tashabbusi bilan 
Kengash yig‘ilishi muhokamasiga olib chiqish huquqiga ega. 
Kengash 
qarori 
ta'lim 
muassasasi 
rahbari 
tomonidan 
tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi va jamoaning har bir a'zosi 
uchun majburiy hisoblanadi. 
Pedagogik kengashga - maktab direktori (rais), o‘quv ishlari 
bo‘yicha direktor o‘rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha 
direktor o‘rinbosarlari, maktabdagi barcha o‘qituvchilar, kutub-
xona mudiri, maktab shifokori, ota-onalar kengashining raisi a’zo 
bo‘lib kiradilar (jadvalga qarang). 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling