Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Ta'lim muassasalarining muhim hujjatlari sirasiga


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Ta'lim muassasalarining muhim hujjatlari sirasiga
1. O‘quvchilarning alfavit asosidagi ro‘yxati. 
2. O‘quvchilarning kasbiy ishlari. 
3. Sinf jurnallari. 
4. Fakultativ mashg‘ulotlar jurnali. 
5. Kuni uzaytirilgan guruhlar jurnali. 
6. To‘liqsiz o‘rta ma'lumot haqidagi shahodatnoma berish qayd 
daftari. 
7. Maktab pedagogik kengashi qarorlari kitobi. 
8. Buyruqlar daftari. 
9. Pedagogik xodimlarni hisobga olish daftari kiradi. 
Maktabda ish yuritish hujjatlari quyidagi tartibda 
joylashtiriladi: 
1. Rahbar organlarining ko‘rsatmalari. 
2. Tashkiliy masalalarga oid hujjatlar. 


488 
3. O‘quv masalalariga oid hujjatlar. 
4. Tarbiyaviy masalalarga oid hujjatlar. 
5. Kadrlarga oid hujjatlar. 
6. Jamoatchilik bilan olib boriladigan hamkorlik, ta'lim 
muassasalarining ommaviy ishlariga oid hujjatlar. 
7. Moliya, xo‘jalik ishlariga moddiy ta'minot va ta'mirlash 
ishlariga oid hujjatlar. 
8. Ta'lim muassasasidan yuborilgan va unga kelgan hujjatlar 
qayd etiladigan daftar va boshqalar. 
Pedagoglar va sinf rahbarlarining hujjatlariga esa 
quyidagilar kiradi
1. Dars rejasi. 
2. Tarbiyaviy ish rejasi. 
3. Tematik ish reja. 
Mazkur hujjatlarning yuritilishi ta'lim muassasasi faoliyatiga 
to‘la baho berish, mavjud kamchilklarni aniqlash imkonini beradi. 
Maktabning ota-onalar bilan olib boradigan ishlari. Hamkor-
lik ishlarini maktabda ota-onalar bilan suhbatlar, majlislar, mas-
lahatlar o‘tkazish, ota-onalar kengashi shakllarida amalga oshirish 
mumkin. 
Ota-onalar bilan individual suhbatlar o‘tkazish. Bola maktab-
ga kirib, to uni tamomlab chiqqunga qadar ota-ona maktab bilan 
yaqindan aloqada bo‘lishi, o‘z bolasining xulq-atvoridan, o‘qishi-
dan doimo xabardor bo‘lib turishi, bola tarbiyasiga doir masalalarni 
o‘qituvchi bilan maslahatlashib hal qilishi, maktabdan tashqarida 
bolaning nima bilan mashg‘ul bo‘lishidan o‘qituvchini xabardor 
qilib turishi lozim. 
Ota-onalar majlisi. Sinf va umummaktab ota-onalar majlisi 
maktab bilan oila o‘rtasida aloqa bog‘lashda katta rol o‘ynaydi. 
Bunday majlislarning tematikasi ota-onalarni qiziqtiradigan, 
ularning talablarini qondiradigan bo‘lishi kerak. 
Ota-onalar uchun maslahatlarlar o‘tkazish. Maktab ma’mu-
riyati o‘quvchilarning ota-onalari bilan yaqindan aloqada bo‘lish va 
ularni ta’lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirib turish 
maqsadida ota-onalar uchun maslahatlar o‘tkazadi. 


489 
Ota-onalar kengashi. O‘quvchilarning ota-onalari bilan yaqin-
dan aloqada bo‘lish va ularga to‘g‘ri rahbarlik qilish maqsadida
maktablarda ota-onalar kengashi tashkil etiladi. Ota-onalar kenga-
shiga asosan, maktab direktori rahbarlik qiladi. 
Maktab direktori ota-onalar kengashining ishini yaxshi yo‘lga 
qo‘ysa, u kengash maktabning barcha ishida katta yordam beradi. 
Ota-onalar kengashining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar 
bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy 
ishlarni keng yo‘lga qo‘yishda maktabga yordam berishdir. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling