493
muhitga
moslashuvi, uning xatti-harakatlari va oldindan ko‘ra
bilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy bilim - tizimli, asosli va narsa, hodisalar mohiyatiga chu-
qur kirib boradigan bo‘ladi. U empirik va nazariy darajada bo‘ladi.
Empirik bilim - bilishning kuzatish, o‘lchash, tajriba
usullarini
qo‘llash natijasi. Narsa-hodisalarning sifat va miqdor ko‘rsatkich-
larini ifodalaydi. Empirik ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqliklarning
muntazam takrorlanishi empirik qonunlar yordamida ifodalanadi,
ular, ko‘pincha, ehtimollik xususiyatiga ega bo‘ladi.
Nazariy bilim - empirik holatlarni tasvirlash, tushuntirish, ya’ni
narsa-hodisalar mohiyatini bilish imkonini
beradigan qonunlarni
ochishni nazarda tutadi.
Bilish - obyektiv borliqning ongda aks etishining oliy shakli,
haqiqiy bilimlar hosil qilish jarayoni. Bilish quyidagi darajalarda
bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: