Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Darslarni taxminan quyidagisha tahlil qilish mumkin
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab direktori rahbarlik vazifasini bajarishda
Darslarni taxminan quyidagisha tahlil qilish mumkin:
– dars haqida umumiy ma’lumot: sinf, fan, mavzu, o‘qituvchi ma’lumoti va ish faoliyati; – darsning maqsad va vazifalari, tuzilishi, darsni rejalash- tirilishi, vaqtdan foydalanish, sinfning sanitariya-gigiyena sharoiti; – darsning mazmuni, berilayotgan materialning dasturga mos- ligi, ilmiyligi, bolalar yoshiga muvofiqligi, hayot bilan bog‘liqligi, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish tartibi, mavzu mazmunining tarbiyaviy xarakteri; – dars o‘tish usuli, yangi dars materialining o‘tgan mavzuga qanday bog‘lanishi, takrorlash va bolalar bilimini baholash, ko‘r- satmali materiallardan foydalanish, o‘quvchilarning mustaqil ishlari, uy vazifasining berilishi; – o‘quvchilarning darsdagi diqqati, qiziqishi, faolligi, ishti- yoqi, intizomi; – o‘quvchining xulqi, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muo- malasi, sinfni boshqara olishi, nutq madaniyati, tashqi qiyofasi, shu sinf o‘quvchilari o‘rtasida uning obro‘si; 483 – darsning natijasi; – darsning ijobiy va salbiy tomonlari. Maktab direktori rahbarlik vazifasini bajarishda: 1. Ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy yetuklik: davlat va ta'lim siyo- satini to‘g‘ri tushunish va talqin qilishi; 2. Direktorlik lavozimiga zarur bo‘lgan tajriba, bilim, ko’nik- ma, malakaga ega bo‘lishi; 3. Ta'lim tizimi va o‘quv muassasasi o‘qituvchilari, xodimlari, o‘quvchilar faoliyatini oldindan seza bilishi, shunga qarab chora tadbirlarni belgilashi; 4. Axloqli va tarbiyalanganligi obro‘-e'tibori, rostgo‘ylik, ado- latlilik, kamtarlik, kamtarinlik, barcha kamchiliklarga murosasiz bo‘lishi; 5. So‘zi bilan ishi birligi - ishchanlik va uddaburonlik; 6. Inson psixologiyasini bilishi - aniq bir maqsadga yo’nal- tirilganlik, har tomonlama rivojlangan psixologik muhit o’rnatishga intilishga erisha olishi; 7. Ta'lim muassasasining barcha rahbariyati - pedagogik x- odimlarning vazifalarini to‘g‘ri taqsimlay olish ularning natijalarini xolisona baholashi; 8. Ta'lim muassasalari pedagogik xodimlari va o‘quvchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, mumkin qadar qulay sharoit yarata olishi; 9. O‘z mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil eta olish, o‘quv tarbiyaviy jarayonini samarali bo‘lishiga imkoniyat yarata olishi; 10. Pedagog - o‘qituvchilar, xodimlari, o‘quvchilarning sog‘lom bo‘lishlari, ishchanlik holatlarini saqlashi, ularning kundalik ehtiyoj- larini qondirishga bo‘lgan sharoitni yaratish, zarur moddiy hamda ma'naviy yordam berishning imkoniyatlarini tanlay bilishi zarur. Rahbarlik amal kursisi emas, kasbdir. Direktorning rahbarlik tushunchasini quyidagicha ifodalash mumkin. Rahbarlik – bu: Yo‘naltirish – pedagogik va o‘quvchilar jamoasini milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari, tamoyillari asosida fao- liyat ko‘rsatishga yo‘naltirish; 484 Vazifa qo‘yish - “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, shu kabi rasmiy hujjatlar asosi- da pedagog va o‘quvchilar jamoasi oldiga shaxs va jamoani tarbiyalash bo‘yicha vazifa qo‘yadi; O‘rganish - Pedagogik jamoani ta'lim-tarbiya jarayonini sama- rali tashkil etish uchun aniq maqsad qo‘yish va kerakli metod, shakllari topishga o‘rganish; Yordam berish - jamoada mehnat faoliyati va ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va faollashtirishga yordam beradi; Qo‘llash - pedagogik va o‘quvchilar jamoasi, o‘qituvchi o‘quv- chilar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; Maslahat berish - jamoaga o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishla- tishlari uchun kerakli amaliy uslubiy maslahatlar berish; Kuzatish - kattalar va bolalar jamoasining saviyasi, axloqiy va madaniy-ma'rifiy o‘sishini takomillashtirib borishini kuzatish va o‘rgatish; Tartibga solish - jamoaning ishga bo‘lgan va o‘zaro muno- sabatlarini, jamoa a'zolarining mehnat faoliyatlarini ijobiy salbiy tomonlarini tartibga solish; Ko‘rsatma berish - jamoaga mehnat faoliyatlarini tashkil etish- lariga kerakli ko‘rsatma berish; Nazorat qilish - pedagogik xodimlar va o‘quvchilar faoliyatlari natijalarini muntazam nazorat qilib berish. Boshqaruvning quyidagi turlari farqlanadi: 1. Avtoritar: ya'ni yakka hokimlik usulida barcha ishlarni o‘zi hal etishga harakat qilishi “Men”ini yuqori qo‘yish; 2. Demokratik: ya'ni pedagogik jamoa va o‘quvchilar bilan hamkorlikda fikrlashib ish olib borish; 3. Liberal: ya'ni o‘z ishiga, vazifalariga e'tiborsizlik bilan qarash, mas'uliyatni sezmaslik. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling