Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
Nazorat uchun savollar:
1. Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish tо‘g‘risida qanday Qarorlar qabul qilingan? 476 2. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning samaralari va imkoniyatlari? 3. О‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida axborot texnolo- giyalaridan foydalanishning ahamiyatini ta’riflang? 4. Hozir kunda jamiyatning axborotlashuvi davrida о‘qituv- chining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 5. Pedagogikada shaxsga yо‘naltirilgan о‘qitish nima? 6. Kompyuter texnologiyalari qanday didaktik funksiyalarni bajaradi? 7. Pedagogik faoliyatda kompyuter texnikasining ma’lumotlar bazasi deganda nima tushuniladi? 8. Kompyuterning о‘qituvchilik vazifasini bajarishi qaysi holatlarda namoyon bо‘ladi? 9. Ta’limda kompyuter ishchi qurol sifatida qanday vazifalarni bajaradi? 477 XX BOB. MAKTABSHUNOSLIK 1. Maktab ishini boshqarish va unga rahbarlik qilish O‘quv-tarbiya ishlariga rahbarlik. Prezident I.A.Karimov rahbar ma’suliyati xususida shunday yozadi: “Ayniqsa, zamonning yurishi, o‘zgarishi bilan avvalo rahbarlar, yetakchilar o‘zgarishi kerak. Biz XXI asr – inteluktual taraqqiyot asri, deb ko‘p gapiramiz. Modomiki, shunday ekan, bugungi kunda rahbar nafaqat aniq bir kasb-hunarning egasi avvalo, o‘zining faoliyati va insoniyligi bilan xalqning ishonchiga munosib bo‘lishi yuksak intelektual tafakkur sohibi, uzoqni ko‘ra oladigan, doimo yangilikka intilib, zamon bilan hamqadam bo‘lib yashaydigan qattiyatli shaxs bo‘lishi lozim”. Ta’lim muassasasi uning rahbari (direktor yoki rektor) tomonidan boshqariladi. Ta'lim muassasasi direktori o‘quvchilarni ma’naviy barkamol, jismonan sog‘lom bo‘lishlari, fan asoslarini puxta o‘zlashtirishlari, umumiy ta'lim muassasasining bugun faoliyati uchun javobgar shaxs sanaladi. Tashkilotchi oliy ma'lumotli, kamida uch yillik pedagog ish stajiga ega bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchi tuman xalq bo‘limi tavsiyasiga binoan viloyat xalq ta'limi (Toshkent shahrida shahar xalq ta’limi) bo‘limi tomonidan direktor tayinlanadi. Bir maktabdan ikkinchi maktabga ko‘chiriladi, ishdan bo‘shatiladi. Viloyat xalq ta’limi bo‘limi bu haqida O‘zbekiston Respublikasi XTB ga ma’lum qiladi. Maktab direktori ta’lim muassasasi boshqaruvni zamonaviy usullarda tashkil etishi zarur. Bu esa ilg‘or tajribalarni va fan texnika yutuqlarini muntazam o‘rganib o‘z faoliyatiga tatbiq etib borishni, kasbiy faoliyatiga ijodiy yondoshuvni talab qiladi. Xalqimizda rahbar kadrlar va ularga xos xususiyatlarga sharqona yonda- shuvning boy tarixiy-madaniy an’analari mavjud. Abu Nasr Forobiy rahbar tabiatan nozik, farosatli bo‘lib, umumiy axvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi; voqea-hodisalarni 478 xotirasida to‘la-to‘kis saqlab qoladigan; zehni o‘tkir zukko, o‘z fikrini chiroyli so‘zlar bilan ifodalaydigan, ravshan tushuntira oladigan; ta’lim olishga, bilim va ma'rifatga havasli bo‘lib, uning mashaqqatlaridan haq va haqiqatni, odil va haqiqiy odamlarni sevadigan, yolg‘on va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan; o‘z qadrini biluvchi, oriyatli; tabiatan adolatparvar va o‘zi zarur deb hisoblaganda chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat'iyatli, sabotli, jur'atli kabi insoniy hislatlarga ega bo‘lishi kerakligini ta'kidlab o‘tilgan. Zamonaviy maktab faoliyatini tashkil etish va boshqarishda ta'lim muassasasi barcha xodimlarini o‘z mehnat faoliyati natijalaridan birdek qoniqish hosil qilishlari jamoadagi to‘g‘ri mehnat taqsimoti, xodimlarni o‘z vazifalariga nisbatan ma'suliyat hissining shakllanishi o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari darajasida ilmiy asosda tashkil etish samaradorligi ko‘p jihatdan ta'lim muassasasi rahbarlarining funksional vazifalarini qay darajada tushunib yetish va amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi. Rahbar xodim ta'lim muassasasidagi mavjud munosabatlar, o‘quvchilarning jismoniy, ruhiy va intellektual rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar, ya'ni o‘qituvchilar bilan o‘quvchilar, ota- onalar bilan ta'lim muassasasi hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlardan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim. Jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda unga ta'sir ko‘rsatishning eng maqbul yo‘llarini belgilash, ta'lim tarbiya jarayonining holati to‘g‘risida ishonchli axborotlar to‘plash, qayta ishlash va obyektiv baholash muhim ahamiyatga ega. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling