473
majmua, elektron katalog va boshqalar. Elektron о‘quv
materiallarini yaratish bosqichlari va texnologiyasi; elektron о‘quv
materiallarini yaratish prinsiplari;
HTML va JavaScript asosida
elektron о‘quv materiallarini yaratish. Zamonaviy dasturlash tillari
asosida elektron о‘quv materiallarini yaratish (Delphi, Visual
Basic, C++ va boshqalar). PowerPoint va FrontPage muhitida
ilovalar yaratish. Hypermethod muhitida multimediali ilovalar va
elektron о‘quv materiallarini yaratish. О‘quv
materiallariga ovoz
berish texnologiyasi va uning vositalari.
О‘qitishning zamonaviy texnik vositalari. Audiovizual
axborot: manbalari, о‘zgartiruvchilar, tashuvchilari. Audiovizual
madaniyat: tarixi, konsepsiyalari, tuzilmasi, faoliyat kо‘rsatishi.
Inson tomonidan audiovizual
axborotni qabul qilishning
psixofiziologik asoslari. Audiovizual texnologiyalar: rasm va
rasmga olish, optik proyeksiya (statik va dinamik)
va uning
vositalari, tovush yozish (analogli va raqamli) va uning vositalari,
televideniye va videoyozuv (analogli va raqamli) va uning
vositalari, kompyuterlar va multimediali vositalar. О‘qitishning
audiovizual texnologiyalari: tele va videokonferensiyalar, ularni
tashkil etish, audio, video va kompyuterli о‘quv qо‘llanmalari,
audio, video va kompyuterli materiallarning banki, audio, video va
kompyuterli о‘quv qо‘llanmalarini
yaratishning didaktik
prinsiplari. О‘qitishning interaktiv texnologiyalari.
Mazkur kurs yakunida о‘qituvchilar zamonaviy axborot
texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonida qо‘llay olish
bо‘yicha pedagogik mahoratlarini oshiradilar, bilim, kо‘nikma va
malakalarga ega bо‘ladilar.
О‘qituvchilar masofaviy о‘qitish kurslarini yaratishda ta’lim
oluvchilar
motivatsiyasi, о‘quv maqsadlarining qо‘yilishi, о‘quv
materiallarini qabul qilishga sharoitlar yaratish, о‘quv mate-
riallarini yetkazish, teskari aloqa, baholash kabi talablarni inobatga
olishlari zarur.