Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
О‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida о‘quvchilar
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
О‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida о‘quvchilar bilimini nazorat qilishi О‘quvchilar bilimini baholashning kompyuter tizimi va о‘zlashtirish monitoringini tashkil etish uchun avvalo, zamonaviy ta’lim tizimida о‘qitishning sifatini tashxis qilishga, ya’ni uning holatini aniqlamay turib, undagi jarayonlarni samarali boshqarishga, ta’limda ma’lum bir maqsadga erishishning iloji yо‘qligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. О‘quvchilarning yakunlovchi bilim va malakalarini ta’lim jarayonida turli mezonlar va yondashuvlarga tayanib aniqlash, bu jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini qо‘llash, ularning qо‘yilgan didaktik talablarga haqiqatan mosligini nazorat qilish mumkin. 468 Bunda pedagogik tashxis, о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini shakllantirish darajasini aniqlashni, nazorat qilishni, baholashni, yig‘ish va statistik ma’lumotlarning tahlili hamda kelgusida bu jarayon rivojini bashorat qilishni о‘z ichiga oladi. Metodik adabiyotlarda о‘quvchilar о‘zlashtirishlarining tashxisi, ular tomonidan erishilgan yutuqlarning darajasi sifatida qayd etish ekanligiga e’tiborni qaratsak, unda pedagogik tashxisning maqsadi, ta’lim jarayoni borishining tahlili va uni baholashni о‘z vaqtida aniqlanishidan iborat bо‘ladi. Ma’lumki, ta’lim jarayonini bunday baholash, faqat о‘quvchining о‘zlashtirish darajasini belgilash bilan chegaralanib qolmay, о‘qish jarayonini rag‘batlantirishda muhim pedagogik vosita va ijobiy motiv uyg‘otish bilan о‘quvchi shaxsiga kuchli ta’sir etadi. Shu xilda о‘quvchini obyektiv baholash asosida unda adekvat ravishda о‘z-о‘zini baholash imkoniyati tug‘iladi va о‘z muvaffaqiyatlariga tanqidiy munosabatning shakllanishi qayd etiladi. Shu nuqtayi nazardan о‘quvchi bilim, kо‘nikma va mala- kalarini baholash, ayniqsa, bilimlarini nazorat qilishning kompyu- terlashtirilgan tizimi, zamonaviy axborot-pedagogik tizimlarida, ularda bilimni nazorat qilishni tashxisiy ahamiyati va haqqo- niyligini samarali bajarish maqsadida tinmay izlanishlar va tako- millashtirish ishlarini olib borish taqozo qilinadi. Mazkur masa- laning yechimi о‘qitishning maqsadga muvofiq va haqqoniy bо‘li- shida, iloji boricha aniq va asoslangan usul sifatida qayd qilingan. Kompyuter texnologiyalari asosidagi о‘quvchilar bilimini nazorat qilish faqat mutaxassis о‘qituvchilar tomonidan emas, balki pedagogik jarayon ishtirokchilari tomonidan ham amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday texnologiyalarni moni- toring tizimida joriy qilishda pedagogik jarayon ishtirokchilarining axborotga, bilimga bо‘lgan ehtiyoj va ishtiyoqlarini faollashtirishga erishish zarur. О‘quvchilar bilimi, kо‘nikma va malakalarini nazorat qilish kompyuter tizimining asosiy maqsadi, ular erishgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni aniqlash, uni takomillashtirish yо‘llarini kо‘rsatish, shu asosda о‘quvchilarga samarali ijodiy faoliyat kо‘rsatish uchun sharoit yaratishdan iborat. Bu maqsad, birinchi 469 navbatda, о‘quvchilar tomonidan о‘quv materiallarini о‘zlashtirish sifati bilan, ya’ni о‘quv dasturida belgilangan bilim, kо‘nikma va malakalarni egallash darajasi bilan bog‘liq. Ikkinchi tomondan, kompyuter nazoratining asosiy maqsadini aniqlashtirish, о‘zaro, shuningdek, о‘z-о‘zini nazorat qilish bо‘yicha yondashuvlarni amalga oshirish hamda о‘zaro va о‘z-о‘zini nazorat qilishga bо‘lgan ehtiyojning shakllanishi bilan bog‘liq. Uchinchidan esa, bu maqsad о‘quvchilarda bajarilgan ish uchun javobgarlikning namoyon bо‘lishi kabi shaxsning ijobiy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan bо‘ladi. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling