Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
О‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
О‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari
imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish О‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri, bu ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdir. Nima uchun bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini joriy etishning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati paydo bо‘ldi? Birinchidan, о‘qituvchini о‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qolayotganligini ta’kidlash mumkin. Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan о‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, о‘quvchilarni kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ta’lim tizimini isloh qilishning muhim yо‘nalishlaridan biri – axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’lim jarayonini tizimli integratsiyalash va uni boshqarish hisoblanadi. Islohotlar jarayonida bosh vazifa qilib, о‘quv jarayonini tashkil etish, uning mazmunini tubdan yangilash, kompyuterlashgan muhitda о‘qituvchilarning pedagogik faoliyati va о‘quvchilarning bilim olish jarayonini tashkil etish bilan belgilanadi. 470 Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’limni intensivlash- tirish va optimallashtirish imkoniyatlari masofaviy malaka oshirishni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun umumiy о‘rta ta’lim maktablari, о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari о‘qituvchi kadrlari malakasini oshirishdan asosiy maqsad о‘qituvchilarda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib bilim, kо‘nikma va malakalarini hamda pedagogik mahoratlarini shakllantirishdir. Bugungi kunda pedagogik ta’lim samaradorligini oshirish bilan bevosita aloqador bо‘lgan bir qator, hozirgacha yechimi topilmagan muammolar mavjud. Bu muammolar ta’lim sohasini axborot- lashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida о‘qituvchi kadrlar tayyorlash, о‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kom- munikatsiya texnologiyalardan foydalanish malakasining yetarli emasligi bilan bog‘liq. Bu muammolarning muhim qirralaridan biri sifatida о‘qituv- chilarning о‘zlarida ta’limni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlashga bо‘lgan munosabatlarini kо‘rsatish mumkin. Shu narsani ta’kidlash joizki, axborotlashtirish sharoitida о‘qituv- chining pedagogik mahorati hozirgi zamon talablari darajasida yanada oshadi. Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy komp- yuter va telekommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlan- moqda. Bu о‘z navbatida о‘qituvchilarning о‘z mehnat faoliyat- lariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. О‘quv jarayonida yangi texnologiyalarni joriy etilishi, о‘qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini о‘z- gartiradi, о‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra kasbga aylan- tiradi. Kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal sur’atda rivojlanishi endilikda hozirgi zamon о‘qituvchisining pedagogik mahorati naqadar serqirra ekanligini namoyon etmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy о‘qituvchidan: - о‘quv kurslari dizayneri – о‘quv kurslarining yaratuvchisi; - fasiliteytor – о‘qitish metodlari bо‘yicha maslahatchi; 471 - tyutor – о‘quv kurslarini interfaol taqdim etish bо‘yicha mutaxassis; - invigilator – ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari bо‘yicha mutaxassis bо‘lishni talab etmoqda. Zamonaviy texnologiyalar, masofaviy oliy pedagogik ta’limni yangicha tashkil qilinishiga zamin yaratadi. Bunday ta’limda о‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislari yordamida о‘qituvchilarning yangicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish talab qilinadi. Masofaviy о‘qitish kurslarini yaratishda dastlab: - kurslarning maqsadi; - maqsadga erishish yо‘llari; - о‘quv materiallarini taqdim etish usullari; - о‘qitish metodlari; - о‘quv topshiriqlarining turlari; - muhokamalar uchun savollar; - munozara va bahslarni tashkil etish yо‘llari; - о‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlash lozim. О‘qituvchi kadrlar pedagogik mahoratlarini oshirish maqsadida masofaviy malaka oshirishlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib, tinglovchilarda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari- dan foydalana olish bilim, kо‘nikma va malakalarini shakllan- tirishga qaratilgan. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling