Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Elektron о‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Elektron о‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari. 
Elektron о‘quv materiallari va ularning turlari: elektron darslik
elektron о‘quv qо‘llanmasi, elektron ma’lumotnoma, elektron 


473 
majmua, elektron katalog va boshqalar. Elektron о‘quv 
materiallarini yaratish bosqichlari va texnologiyasi; elektron о‘quv 
materiallarini yaratish prinsiplari; HTML va JavaScript asosida 
elektron о‘quv materiallarini yaratish. Zamonaviy dasturlash tillari 
asosida elektron о‘quv materiallarini yaratish (Delphi, Visual 
Basic, C++ va boshqalar). PowerPoint va FrontPage muhitida 
ilovalar yaratish. Hypermethod muhitida multimediali ilovalar va 
elektron о‘quv materiallarini yaratish. О‘quv materiallariga ovoz 
berish texnologiyasi va uning vositalari. 
О‘qitishning zamonaviy texnik vositalari. Audiovizual 
axborot: manbalari, о‘zgartiruvchilar, tashuvchilari. Audiovizual 
madaniyat: tarixi, konsepsiyalari, tuzilmasi, faoliyat kо‘rsatishi. 
Inson tomonidan audiovizual axborotni qabul qilishning 
psixofiziologik asoslari. Audiovizual texnologiyalar: rasm va 
rasmga olish, optik proyeksiya (statik va dinamik) va uning 
vositalari, tovush yozish (analogli va raqamli) va uning vositalari, 
televideniye va videoyozuv (analogli va raqamli) va uning 
vositalari, kompyuterlar va multimediali vositalar. О‘qitishning 
audiovizual texnologiyalari: tele va videokonferensiyalar, ularni 
tashkil etish, audio, video va kompyuterli о‘quv qо‘llanmalari, 
audio, video va kompyuterli materiallarning banki, audio, video va 
kompyuterli о‘quv qо‘llanmalarini yaratishning didaktik 
prinsiplari. О‘qitishning interaktiv texnologiyalari.
Mazkur kurs yakunida о‘qituvchilar zamonaviy axborot 
texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonida qо‘llay olish 
bо‘yicha pedagogik mahoratlarini oshiradilar, bilim, kо‘nikma va 
malakalarga ega bо‘ladilar.
О‘qituvchilar masofaviy о‘qitish kurslarini yaratishda ta’lim 
oluvchilar motivatsiyasi, о‘quv maqsadlarining qо‘yilishi, о‘quv 
materiallarini qabul qilishga sharoitlar yaratish, о‘quv mate-
riallarini yetkazish, teskari aloqa, baholash kabi talablarni inobatga 
olishlari zarur.


474 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling