Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


О‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

О‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari 
imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish 
О‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy 
omillaridan biri, bu ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot va 
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdir.
Nima uchun bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini 
joriy etishning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish 
zaruriyati paydo bо‘ldi? Birinchidan, о‘qituvchini о‘quv 
jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash 
manbalaridan biriga aylanib qolayotganligini ta’kidlash mumkin.
Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan 
bosqichida axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan 
о‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, 
shuningdek, о‘quvchilarni kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlash 
talablari ta’lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni 
taqozo etmoqda. 
Ta’lim tizimini isloh qilishning muhim yо‘nalishlaridan biri –
axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’lim 
jarayonini tizimli integratsiyalash va uni boshqarish hisoblanadi. 
Islohotlar jarayonida bosh vazifa qilib, о‘quv jarayonini tashkil 
etish, uning mazmunini tubdan yangilash, kompyuterlashgan 
muhitda о‘qituvchilarning pedagogik faoliyati va о‘quvchilarning 
bilim olish jarayonini tashkil etish bilan belgilanadi.


470 
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’limni intensivlash-
tirish va optimallashtirish imkoniyatlari masofaviy malaka 
oshirishni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning 
uchun umumiy о‘rta ta’lim maktablari, о‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalari о‘qituvchi kadrlari malakasini oshirishdan 
asosiy maqsad о‘qituvchilarda zamonaviy axborot texnologiyalari 
imkoniyatlaridan foydalanib bilim, kо‘nikma va malakalarini 
hamda pedagogik mahoratlarini shakllantirishdir.
Bugungi kunda pedagogik ta’lim samaradorligini oshirish bilan 
bevosita aloqador bо‘lgan bir qator, hozirgacha yechimi topilmagan 
muammolar mavjud. Bu muammolar ta’lim sohasini axborot-
lashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida о‘qituvchi 
kadrlar tayyorlash, о‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kom-
munikatsiya texnologiyalardan foydalanish malakasining yetarli 
emasligi bilan bog‘liq. 
Bu muammolarning muhim qirralaridan biri sifatida о‘qituv-
chilarning о‘zlarida ta’limni zamonaviy axborot texnologiyalari 
bilan jihozlashga bо‘lgan munosabatlarini kо‘rsatish mumkin. Shu 
narsani ta’kidlash joizki, axborotlashtirish sharoitida о‘qituv-
chining pedagogik mahorati hozirgi zamon talablari darajasida 
yanada oshadi.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy komp-
yuter va telekommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlan-
moqda. Bu о‘z navbatida о‘qituvchilarning о‘z mehnat faoliyat-
lariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. О‘quv jarayonida 
yangi texnologiyalarni joriy etilishi, о‘qituvchini texnik vositalar 
tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini о‘z-
gartiradi, о‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra kasbga aylan-
tiradi.
Kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal 
sur’atda rivojlanishi endilikda hozirgi zamon о‘qituvchisining 
pedagogik mahorati naqadar serqirra ekanligini namoyon etmoqda. 
Hozirgi kunda zamonaviy о‘qituvchidan: 
о‘quv kurslari dizayneri – о‘quv kurslarining yaratuvchisi
fasiliteytor – о‘qitish metodlari bо‘yicha maslahatchi; 


471 
- tyutor – о‘quv kurslarini interfaol taqdim etish bо‘yicha
mutaxassis; 
invigilator  ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari bо‘yicha
 mutaxassis bо‘lishni talab etmoqda. 
Zamonaviy texnologiyalar, masofaviy oliy pedagogik ta’limni 
yangicha tashkil qilinishiga zamin yaratadi. Bunday ta’limda 
о‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislari yordamida 
о‘qituvchilarning yangicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish 
talab qilinadi. Masofaviy о‘qitish kurslarini yaratishda dastlab: 
- kurslarning maqsadi; 
- maqsadga erishish yо‘llari; 
- о‘quv materiallarini taqdim etish usullari; 
- о‘qitish metodlari; 
- о‘quv topshiriqlarining turlari; 
- muhokamalar uchun savollar; 
- munozara va bahslarni tashkil etish yо‘llari; 
- о‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni 
aniqlash lozim. 
О‘qituvchi kadrlar pedagogik mahoratlarini oshirish maqsadida 
masofaviy malaka oshirishlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib, 
tinglovchilarda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari-
dan foydalana olish bilim, kо‘nikma va malakalarini shakllan-
tirishga qaratilgan. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling