Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari 
imkoniyatlaridan foydalanish 
Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foyda-
lanishda, о‘qituvchi uning mazmuniga kо‘ra bir qancha vazifalarni 
bajarishi mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter 
texnologiyalari quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi: 
- multimedia texnologiyasini qо‘llash evaziga о‘quvchilarda 
fanlarga qiziqishni rivojlantiradi; 


463 
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli о‘quvchilarning 
fikrlash qobiliyatlari faollashadi va о‘quv materialini о‘zlashtirish 
samaradorligi oshadi; 
- real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab 
bо‘lgan jarayonlarni modellashtirish va kо‘rish imkoniyatini 
berishi bilan muhim ahamiyatga ega ; 
- о‘quv materiallarini о‘zlashtirilishi faqat darajasiga kо‘ra 
emas, balki о‘quvchilar erishgan mantiqan qabul qilishlarining 
darajasiga kо‘ra ham samarali hisoblanadi; 
- masofadan turib ta’lim olishni faqat о‘zlashtiruvchi 
о‘quvchilar yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi, balki 
sababsiz dars qoldirgan о‘quvchilar uchun ham tashkil etish 
imkoniyatini beradi; 
- о‘quvchilarga mustaqil izlanish yо‘li bilan materiallarni 
izlash, topish hamda muammoli masalalarga javob berish orqali 
ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi; 
- о‘quvchilarning yangi mavzuni о‘zlashtirishi, misollar 
yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, о‘quv materiallari bilan 
mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil 
etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi. 
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh 
xususiyatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning 
doimiy murojaat qilinadigan «qо‘llab-quvvatlovchi axborot»ini 
kо‘paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon 
talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining 
yaratilganligi, gipermatn va multimedia, о‘qitishda immitatsiya, 
kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling