Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi 
yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun 
tavsiya qilish tushuniladi.
Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni 
tayyorlashning standart shakllari mavjud bо‘lib, ularga 
bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi. Ma’lumotlar 
bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va kо‘rinishli 
axborotlarni cheksiz kо‘p miqdorda va albatta, belgilangan 
shakllardagi kо‘rinishlarini qabul qiladi. 


464 
Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bо‘yicha 
qо‘shimcha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir 
elementi, mantiq jihatdan bog‘langan boshqa elementlarga chiqa 
olishi bо‘yicha tuzilmali axborotlashtirilgan tizimga ega bо‘ladi. 
Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi 
elementlarga murojaat qilinishiga imkon bо‘lmaydi. Bilimlar 
bazasining birlamchi bibliografik о‘xshashliklari sifatida turli 
ensiklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi. 
О‘quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash 
va psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida 
kompyuter tizimiga eksport tizimi qо‘shimcha kiritilgan bо‘lib, bu 
tizim yordamida elektron tarmoq orqali bilimlarni baholash va bu 
masala bо‘yicha yetarlicha natijalarni aniqlash mumkin. 
Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi holat va uning 
maqsadiga kо‘ra, ba’zan о‘quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq 
anglash zaruriyati nuqtayi nazaridan, ularning ma’lum fan sohasida 
bilimlarini tahlil qilish bо‘yicha boshqa bir hollarda esa, 
о‘qitishning psixologik tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng 
foydalaniladi. 
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, о‘quv materiallari 
bо‘yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan 
ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi 
bilan tanishish, turli fanlar bо‘yicha ularning zamonaviy darajasiga 
oid bilimlar, madaniyat va ijtimoiy ongga daxldor bilimlarni 
kiritish, ta’lim mazmunini sezilarli о‘zgartirish va keskin 
boyitishga yordam beradi, uni faollashtirish va rivojlantirishda 
muhim omil bо‘ladi. 
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish 
nuqtayi nazaridan tahlil etadigan bо‘lsak, aksariyat uning 
interfaolligini, bevosita muloqot yordamida о‘quvchi о‘quv 
rejasida kо‘rsatilgan, istalgan fan sohasida maxsus о‘quv dasturlari 
yordamida bilim olish imkoniyatiga ega ekanligi ma’lum bо‘ladi. 
Kompyuter vositasi, о‘quvchi yoxud о‘qituvchi murojaatlariga 
«javob beradi», ular bilan bemalol «muloqotga kirishadi», bular 
kompyuter ta’limi metodikasining asosiy xususiyatlaridan biri 
sanaladi. 


465 
Kompyuterli о‘qitish metodikasining boshqa bir muhim 
xususiyati, u о‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan 
yangi о‘quv materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlash-
tirishda, о‘quvchilarning ma’lum fan bо‘yicha erishgan bilim, ma-
laka va kо‘nikmalarini tekshirishda namoyon bо‘ladi. Bunday jara-
yonda о‘qituvchi kompyuterning о‘quvchi uchun turli vazifalarni, 
xususan о‘qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim obyekti, о‘zaro muloqot 
kabi funksiyalarni bajarishini bilishi kerak. Bunda о‘qituvchining 
vazifasi dars jarayonida о‘quvchilarni kompyuterdan tо‘g‘ri 
foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat: 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling