1-mavzu: Kimyo fanini o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish Reja
Download 0,64 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu
1-mavzu: Kimyo fanini o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish Reja: 1. O`quv jarayonida axborot - kommunikatsiya texnologiyalari; 2. Kasbiy faoliyatda amaliy dasturlardan foydalanish; 3. Ta’lim tizimini boshqarishda pedagogik dasturiy vositalar 4. Web texnologiyalar. Tayanch iboralar: Texnologiya, axborot texnologiyalari, multimedia tushunchasi, Multimedianing texnik-dasturiy ta’minoti,virtual borliq, kompyuter tarmoqlari, internet, mobil ta’lim, onlayn ochiq kurslar, PDV, namoyish qilish dasturlari, test dasturlari, o‘rgatuvchi dasturlar, mashq qildirgichlar, portal, pedagog, monitoring, masofaviy ta’lim, Elektron hujjat, axborot xavfsizlik, Web texnologiya. 1. O‘quv jarayonida axborot - kommunikatsiya texnologiyalari «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini keng miqyosda isloh qilishning boshlanishi bo‘ldi. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) shiddat bilan kirib kelishi bilan birga, u ta’limning samaradorligini oshirishda eng qulay omillardan biri bo‘lib qolmoqda.Ta’lim tizimini dunyo standartlari darajasiga yetkazish ushbu islohotning muhim vazifalaridan biridir. Jahonda zamonaviy ta’limning harakterli tomoni shundaki ta’limni axborotlashtirish va axboriy jamiyatning ehtiyojini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi ta’limida ham ro‘y bermoqda, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati «axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jaxon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan» 1 . Shuning uchun ham ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimida kompyuter texnikasidan, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanishga qaratilgan izlanishlar 1 Download 0,64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling