1-mavzu: Kimyo fanini o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish Reja


Microsoft Excel va Microsoft Publisher


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana28.09.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1689272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Mavzu

Microsoft Excel va Microsoft Publisher dasturlari yordamida kasbiy faoliyatda 
qo‘llaniladigan metodik ish hujjatlarini yaratish, saqlash kabi vazifalarni 
keltirilgan. 
Microsoft Excel 2016 dasturi. MS Excel 2016 menyusi, uskunalar paneli
formatlash elementlari va ularning vazifalari haqida. Yacheykalarga ma’lumotlarni 
kiritish usullari, ular ustida har xil arifmetik va mantiqiy amallar bajarish
ma’lumotlarni saralash va tahrirlash. Jadvalli ma’lumotlar bilan ishlash, 
diagrammalar tashkil qilish va ularni o‘zgartirish. Ssenariylar tashkil etish
murakkab hisobotlar bilan ishlash texnologiyasi.


Elektron jadvallar bilan ishlovchi MS Excel 2016 dasturi hisoblash 
amallariga asoslangan xolda jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qayta ishlash 
uchun, hamda hisoblashlar natijasi bo‘lgan sonli qiymatlar asosida turli 
ko‘rinishdagi diagrammalar yaratishga mo‘ljallangan. 
Kompyuterlar sonli ma’lumotlarni jadval shaklida ifodalanishi va uning 
ustida har xil hisoblash amallarini bajarishga imkon yaratib beradi. 
Jadval ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan 
kompyuter dasturlari elektron jadvallar deb ataladi. 
MS Excel 2016 dasturida har xil jadval shaklidagi ma’lumotlar bazasi bilan 
ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ekran yacheykalardan iborat va har bir yacheyka 
shaxmat taxtasiga o‘xshagan o‘z adresiga ega. Bu ma’lumotlar bazasi bilan 
ishlaganda har bir yacheykada joylashgan ma’lumotdan foydalanish va undan 
foydalanib, boshqa bir yangi ma’lumot hosil qilishga imkon beradi. Bu dastur 
asosan bank sistemasiga o‘xshagan ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchilar uchun 
mo‘ljallangan va juda ko‘p imkoniyatlariga ega. 


Dasturni yuklash uchun Windowsning asosiy menyusidan Пуск→Все 
программы→Microsoft Office 2016→Microsoft Office MS Excel 2016 bandlari 
tanlanadi. MS Excel 2016 da har qanday hujjat ishchi kitob deb ataladi va “.xlsx” 
kengaytmali shablonlar bilan tasvirlanadi. Har bir ishchi kitobda boshlang‘ich 
holatda 3 tadan sahifa beriladi. Bu sahifalar sonini ko‘paytirish va kamaytirish ham 
mumkin. Birinchi ishchi kitobga “Книга1” deb nom beriladi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling