1-mavzu: Kimyo fanini o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish Reja


Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalardan foydalanish quyidagi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana28.09.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1689272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Mavzu

Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalardan foydalanish quyidagi 
natijalarga olib keladi: 
- kompyuter “nazoratchi” funksiyasini bajarib ta’lim oluvchining didaktik 
topshiriqlar, test savollari, muammoli vaziyatlarga bergan javoblarini,ya’ni 
o‘zlashtirganlik darajasini aniqlab natijalarini monitorda ko‘rsatadi; 

ta’lim faoliyatini boshqaruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladigan topshiriqlar 
soni keskin ortadi, buning natijasida egallanishi lozim bo‘lgan bilimlar xajmining 
oshishiga olib keladi; 
- mashg‘ulotining tarkibiy tuzilishini modifikatsiyalash,ya’ni o‘qituvchi 
tomonidan bajarilayotgan ko‘pgina tashkiliy ishlarni kompyuter texnikasi 
yordamida amalga oshirilib vaqt tanqisligi muammosi kamayadi; 

Ta’lim oluvchi faol ishtirokchiga aylanib, mustaqil ta’lim olish imkoniyati 
sohalari kengayadi va o‘qituvchi bilan erkin hamda teng muloqatga kirisha 
oladigan hamkorga aylanadi. 
 
2. Kasbiy faoliyatda amaliy dasturlardan foydalanish. 
Amaliy dasturlar. Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko‘p 
qo‘llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab — 
kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli 


predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo‘llanishidir. 
Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin. 
Amaliy dasturiy ta’minot deb- bir yo‘nalishdagi muammolarni yechishga 
mo‘ljallangan dasturlarga aytiladi.
Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini 
ta’minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, 
fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma’lumotlarni qayta ishlash, audio 
ma’lumotlarni qayta ishlash, aloqa o‘rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar 
misol bo‘la oladi. 
Kompyuter tizimi bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish, ko‘nikmalarni hosil 
qilishda va amaliy dasturiy ta’minot bilan ishlashda, ishni odatda amaliy 
dasturlardan boshlanadi 
Muammoga yunaltirilgan ADTga quyidagilar kiradi: 
• buxgalteriya uchun DT; 
• personalni boshkarish DT; 
• jarayonlarni boshkarish DT; 
• bank axborot tizimlari va boshkalar. 
Umumiy maqsadli amaliy dasturiy ta’minot — soha mutaxassisi bo‘lgan 
foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo‘llaganda uning ishiga yordam beruvchi 
ko‘plab dasturlarni o‘z ichiga oladi. Bular: 
• kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi 
ma’lumotlar bazasini boshkarish tizimlari (MBBT); 
• matnli hujjatlarni avtomatik ravishda loyihalashtiruvchi, ularni tegishli 
holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari; 
• grafik muharrirlar; 
• hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar; 
• taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda 
namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo‘ljallangan mahsus 
dasturlar. 


Ofis amaliy dasturiy ta’minot idora faoliyatini tashkiliy boshkarishni 
ta’minlovchi dasturlarni o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
• rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, 
uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini 
olib boruvchi dasturlar; 
• tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang‘ich matnni ko‘rsatilgan tilga 
tarjima qilishga mo‘ljallangan dasturlar; 
• skaner yordamida o‘qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan 
o‘zgartiruvchi dasturiy vositalar; 
• tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi 
orasidagi o‘zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar. 
Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot 
texnologiyasini ta’minlaydi, matnni kiritish, taxrirlash, avtomatik ravishda betlarga 
ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga quyish va 
xokazolarni bajaradi. 
Shuningdek Microsoft Office dassturlar paketidagi amaliy dasturlar 
yordamida turli mazmunda va tur shakllarda metodik ish hujjatlarini yaratish
saqlash va himoyalash imkoniyatlari mavjud. Shu o‘rinda misol tariqasida 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling