Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Rahbarning ta'lim muassasasidagi vazifalari asosan quyida-


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 Rahbarning ta'lim muassasasidagi vazifalari asosan quyida-
gilardan iborat: o‘quv muassasasining pedagogik jamoasiga 
rahbarlik qilish, kadrlarni to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga qo‘yish, 
xodimlarning ijtimoiy-g‘oyaviy saviyasini, malakasini oshirish 
uchun zarur shart-sharoitni yaratish, o‘quvchilar bilimi va tarbiyasi 
sifatli bo‘lishini ta'minlash, sinfdan va maktabdan tashqari 
ishlarning tashkil etilishiga rahbarlik qilish va tegishli nazorat 
o‘rnatish. O‘quvchilarning to‘g‘ri kasb tanlashini ta'minlashni 
yo‘lga qo‘yish, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan 
ishlarni tashkil etish. Maktabda ichki intizom, sanitariya gigiyena, 


479 
mehnatni muhofaza qilish, umumiy tartib va texnika xavfsizligi 
qoidalariga rioya etishni ta'minlash va hokazolar. Maktab direktori 
o‘qituvchi yoki yordamchi xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan 
bo‘shatadi, xodimlar va o‘qituvchilarni rag‘batlantiradi, 
shuningdek, ayrim holatlarda ularni jazolaydi, alohida o‘rnak 
ko‘rsatgan o‘qituvchi va xodimlarni davlat mukofotlariga tavsiya 
etadi. Rahbar muayyan masalalarni hal etishda pedagogik jamoa 
fikr-mulohazalarini inobatga oladi. Ta'lim muassasasi faoliyati 
yuzasidan tegishli masalalarni hal qiladi, davlat oldida javob beradi. 
Ta'lim muassasasi faoliyatini tashkil etishda rahbarga o‘quv hamda 
tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ko‘maklashadilar.
O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta'lim muas-
sasasining o‘quv ishlari bo‘yicha mas'ul shaxsdir. U o‘quv ishlariga 
bevosita rahbarlik qiladi.
Oliy ma'lumotli, kamida uch yillik pedagogik stajga ega 
bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchilargina mazkur lavozimda ishlashlari 
mumkin. Uning nomzodini ta'lim muassasasi rahbari tavsiya etadi, 
tuman, (shahar) xalq ta'limi bo‘limi tasdiqlaydi. O‘quv ishlari 
bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabdagi ta'lim jarayonining to‘g‘ri 
tashkil etilishi, o‘quv dasturlari talablarining bajarilishi, dars 
mashg‘ulotlarning to‘g‘ri tashkil etilishi hamda o‘quvchilarning 
bilimlarni o‘zlashtirishlari uchun javobgar bo‘lib, ta'lim ishini 
yo‘lga qo‘yilishi o‘quvchilar bilim darajasining o‘sishi ustidan 
nazorat olib boradi. O‘qituvchilarga metodik yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, 
ta'lim 
ishining 
uyushtirilishini 
rejalashtiradi, 
metod 
birlashmalarning ishiga rahbarlik qiladi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling