Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Boshlang‘ich ta’lim - o‘quvchilarga murakkab bo‘lmagan 
ilmiy bilimlarni berish asosida ularda o‘qish, yozish va hisoblashga 
oid dastlabki bilim, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish 
asosida ularda shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ele-
mentlarini hosil qilish bosqichi. 
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi - boshlang‘ich sinflar 
o‘quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o‘ziga xos 
psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish
shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy 
jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi. 
 Bilim - borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan 
natijasi. Obyektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi 
(tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar). U kundalik, ilmiy, 
empirik, nazariy bilimlarga ajratadi. Kundalik bilim sog‘lom fikrga 
va kundalik amaliy faoliyat shakllariga asoslanadi. Insonning atrof-


493 
muhitga moslashuvi, uning xatti-harakatlari va oldindan ko‘ra 
bilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Ilmiy bilim - tizimli, asosli va narsa, hodisalar mohiyatiga chu-
qur kirib boradigan bo‘ladi. U empirik va nazariy darajada bo‘ladi. 
Empirik bilim - bilishning kuzatish, o‘lchash, tajriba usullarini 
qo‘llash natijasi. Narsa-hodisalarning sifat va miqdor ko‘rsatkich-
larini ifodalaydi. Empirik ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqliklarning 
muntazam takrorlanishi empirik qonunlar yordamida ifodalanadi, 
ular, ko‘pincha, ehtimollik xususiyatiga ega bo‘ladi. 
Nazariy bilim - empirik holatlarni tasvirlash, tushuntirish, ya’ni 
narsa-hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonunlarni 
ochishni nazarda tutadi. 
Bilish - obyektiv borliqning ongda aks etishining oliy shakli, 
haqiqiy bilimlar hosil qilish jarayoni. Bilish quyidagi darajalarda 
bo‘ladi: 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling