Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
 
1. Maktab direktori maktabni boshqarishda nimalarni hisobga 
olishi kerak?
2. Rahbarning ta'lim muassasasidagi vazifasi nimalardan
iborat? 
3. Maktab pedagogik kengashining vazifasi nimalardan 
iborat? 
4. Maktab direktorining funksional vazifalarini sanab o‘ting?

 
 
 
 


490 
GLOSSARIY 
 
Akademik litsey - o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqish-
larini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi 
chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan 
ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga 
muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim 
muassasasi. 
Akademiya - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari 
bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini 
amalga oshirishga imkon beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim 
muassasasi. 
Amaliy ishlar metodi - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda 
qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi usul. 
Anomaliya (yunoncha – anomal) - me’yordan, umumiy qonu-
niyatlardan chetlanish, noto‘g‘ri rivojlanish. 
Anomal bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish
korreksion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo‘lib, nuqsonning 
darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar 
yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga 
tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirish. 
Axloq- (lotincha “moralis” - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) - 
ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga 
soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi 
zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi. 
Axloqiy ong - shaxsga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoi-
dalari to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil qili-
nuvchi ong shakli.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling