499
kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini
yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi,
yuridik maqomga ega
ta’lim muassasasi.
Kategoriya - fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim,
asosiy tushuncha.
Kompensatsiya (yunoncha “compensatio” - o‘rnini to‘ldirish,
tenglashtirish) - oliy nerv faoliyatining zaxira imkoniyatlariga
tayangan holda organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funk-
siyalarining o‘rnini to‘ldirish yoki qayta qurish.
Korrektsiya (yunoncha “correctio” - tuzatish)
- pedagogik
uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal
bolalarning psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini
qisman yoki to‘liq tuzatish.
Do'stlaringiz bilan baham: