Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Iqtisodiy ta’lim - o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila 
byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boy-
liklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri 
tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga 
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 
Inversnoy ta’lim - ag‘darish, joyini almashtirish; tafakkur 
tizimini shakllantirish yo‘nalishidagi ta’lim. 
Innovatsiya - yangilanishni, o‘zgarishni amalga joriy etish
kiritish jarayoni va faoliyati. 
Integral - chambarchas bog‘liq, butun, yagona; o‘z cheksiz 
kichik qismlarining yig‘indisi. 
Intellekt - insonning umuman bilish faoliyati, fikrlash qobi-
liyati; tushunish, mulohaza, tafakkur, aql. 
Interfaol mashg‘ulot - o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro faol 
ishtirok etadigan mashg‘ulot; jarayon hamkorlikda kechadi. 
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan 
anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash ham-
da chuqurlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi ta’lim bosqichi. 
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” - “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy 
tajribaning tahlili hamda ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi 
yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-


498 
hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy 
hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga 
ega bo‘lgan, istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir 
kadrlarning yangi avlodini shakllantirish mazmunini belgilab 
beruvchi yuridik hujjat. 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli - shaxs, davlat va jamiyat, 
uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning 
o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida 
“yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori 
malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi” mohiyatini aks 
ettiruvchi andoza, loyiha Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan 
iborat. 
Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, 
ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga 
oshiruvchi; 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling