Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pe-
dagogik g‘oyalarning tutgan o‘rni va roli, shaxsni kasbiy va ijti-
moiy faoliyatga yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi
Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha “rehabilitas” – layoqati, qo-
biliyatini tiklash) - anomal bolaning psixofiziologik imko-
niyatlariga tayangan holda uning ijtimoiy munosabatlar jarayonida 
ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish, ijtimoiy faoliyat va 
mehnatga jalb etish.
Izohlash (tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchiga hissiy-
og‘zaki ta’sir etish usuli. 
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar 
asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayo-
nida faol ishtirok etish natijasida barqarorlashgan dunyoqarash 
shakli.
Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sana-
lib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy 
yondashuv. 
Ilmiy qarash (yunoncha “idea” - g‘oya, tasavvur, tushunchalar 
yig‘indisi) - muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi
ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g‘oya. 
Individ (lotincha “individium” bo‘linmas, yagona, alohida 
degan ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks 
yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot. 
Individuallik - shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari. 


497 
Institut - bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo‘nalishlar 
bo‘yicha oliy va qoidaga ko‘ra oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim 
dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim 
muassasasi. 
Iqtisodiy tarbiya - o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, 
ularda iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, xo‘jalikni 
yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-
sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil 
etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik 
jarayon. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling