Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Oilaviy munosabatlar - ota-onalar (yoki bolaning kamoloti 
uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar) hamda farzandlar o‘rtasida turli 
yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlar. 
Oila tarbiyasi - ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul 
shaxslar) tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomon-
lama yetuk, sog‘lom etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik 
jarayon. 
Oligofreniya (yunoncha “olygos” – kam, “phren” - aql) - bu 
natal (tug‘ilish payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta 


505 
bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida 
yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik. 
Oliy ta’lim - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asosla-
nib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil 
etiladigan hamda mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq 
xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni 
tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi. 
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim - jamiyatning oliy mala-
kali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondi-
rish, shaxsning ijodiy ta’lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlan-
tirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasa-
larida tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim olish, 
shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida 
amalga oshiriladigan ta’lim bosqichi. 
Oraliq nazorat - o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining 
muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, 
ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. 
Oliy ma’lumot darajasi - shaxs tomonidan oliy ta’limning 
muayyan ta’lim dasturini mazkur ma’lumot haqida tegishli davlat 
hujjati berilgan holda, o‘zlashtirishi natijasi.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling