503
Mahorat - shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror
sohadagi moslashuvchan ko‘nikma
va ijodkorlik asosida hosil
bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik.
Biror faoliyat sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim,
ko‘nikma, malakalarni amaliyotda yuqori
sifat va samaradorlik
bilan qo‘llash.
Modul - pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy
bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni
modullar eng kichik bo‘laklardan hamda ularning turli miqdordagi
to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik tarkibiy bo‘lakni
eng
kichik modul, boshqalarini esa o‘z ichiga qancha shunday
modulni olishiga qarab, tegishlicha darajadagi modullar deyiladi.
Modul darajasi - pedagogik texnologiyani tasvirlash ko‘-
lamiga muvofiq ravishda tanlangan birlamchi modullarning o‘z
tarkibida aslida qancha modullarga ega ekanligi ko‘rsatkichi.
Modul to‘plami - pedagogik texnologiyani uning biror dara-
jasidan boshlab tasvirlash maqsadi asosida bitta modul sifatida
hisoblangan bir nechta modullar yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: