Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Metod - yunoncha tarjimasi “tadqiqot, usul, maqsadga erishish  yo‘li” kabi ma’nolarni anglatadi.  Metodika


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Metod - yunoncha tarjimasi “tadqiqot, usul, maqsadga erishish 
yo‘li” kabi ma’nolarni anglatadi. 
Metodika (fan sifatida) - xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga 
xos xususiyatlarini o‘rganadi. 
Mehnat tarbiyasi - shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur 
anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan 
ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy 
tarbiyaning tarkibiy qismi. 
Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga 
hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy 
sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli. 
Malaka amaliyoti - o‘quv jarayonining nazariy bilimlarni 
mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va uquv hosil qilish, ta’lim das-
turining ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo‘yicha materiallar 
to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi.
Malaka oshirish - mutaxassislar va rahbar xodimlarning 
kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yangilash hamda rivojlantirish 
jarayoni.
Malaka talablari - uzluksiz ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchi-
sining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan 
talablar. 


503 
 Mahorat - shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror 
sohadagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil 
bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. 
Biror faoliyat sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim, 
ko‘nikma, malakalarni amaliyotda yuqori sifat va samaradorlik 
bilan qo‘llash. 
 Modul - pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy 
bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni 
modullar eng kichik bo‘laklardan hamda ularning turli miqdordagi 
to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik tarkibiy bo‘lakni 
eng kichik modul, boshqalarini esa o‘z ichiga qancha shunday 
modulni olishiga qarab, tegishlicha darajadagi modullar deyiladi. 
Modul darajasi - pedagogik texnologiyani tasvirlash ko‘-
lamiga muvofiq ravishda tanlangan birlamchi modullarning o‘z 
tarkibida aslida qancha modullarga ega ekanligi ko‘rsatkichi. 
Modul to‘plami - pedagogik texnologiyani uning biror dara-
jasidan boshlab tasvirlash maqsadi asosida bitta modul sifatida 
hisoblangan bir nechta modullar yig‘indisi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling