Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya – yunoncha 
“defectus” - nuqson, kamchilik, “logos” - fan, ta’limot) – 
rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, indi-
vidual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik 
imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini 
rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘r-
ganuvchi fan. 
Korrektsion-pedagogik faoliyat - yaxlit ta’lim jarayonini 
qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-
pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda 
tutuvchi pedagogik tizim. 
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar - shaxsning anomal rivojlani-
shi xususiyatlariga ko‘ra umumiy pedagogik ta’sir ko‘rsatish chora-
tadbirlari tizimi. 
Ko‘nikma - olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va 
shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig‘indisi. 
Ko‘rgazmali metodlar - predmet, hodisa yoki jarayonlar 
mohiyatini tabiiy holatda namoyish qilish, ularning maketlarini 
ko‘rsatishda qo‘llaniluvchi usullar. 


500 
Kichik modul - pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik 
birlikni ifodalaydi. Amalda bunday kichik modulni tashkil qiluvchi 
boshqa kichik modullarga ajratish mumkin emas deb hisoblanadi. 
Kognitiv - atrof odam haqidagi bilim doirasini kengaytirish, 
differensiyalovchi tafakkurni shakllantirish, bilish ehtiyojlarini 
rivojlantirish ta’limi. 
Kreativ - tadqiqotchilik xarakteriga ega; o‘quvchilarda ijodiy 
tafakkurni jadal (maqsadga yo‘naltirilgan) ravishda rivojlantirish 
ta’limi. 
Litsey (kollejda) ma’ruza - o‘quv materialini o‘quvchilarning 
idrok etish faoliyatlarini faollashtirish uslublari bilan birgalikda 
davomli og‘zaki bayon etish (80-90 minut), berilayotgan 
materialning sxematik modelini tuzish (asosiy fikrni tezis yoki 
loyiha ko‘rinishida yozib olish) va boshqalar. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling