Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) -  muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.  Sinf -


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) - 
muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash. 
Sinf - yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan, ma’lum 
o‘quvchilar guruhi. 
Surdopedagogika (yunoncha “surdus” – kar) - eshitish qobiliya-
ti buzilgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonini o‘rganuvchi 
fan; korrektsion (maxsus) pedagogikaning yana bir muhim sohasi.
Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi. 
Tamoyil - (yunoncha “principium”) - biror-bir nazariyaning 
asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, 
faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab. 
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajri-
ba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori 
va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. 
Tarbiya jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tar-
biyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni. 


508 
Tarbiya mazmuni - shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi 
ijtimoiy talablar mohiyati. 
Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” - yo‘l) - tarbiya maqsa-
diga erishish yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari 
va xulqiga ta’sir etish usullari. 
Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; 
tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda 
uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Tafakkur - (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to‘laqonli aks 
etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli). 
Tashhis - didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni 
oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash. 
Ta’lim - o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda 
amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish 
qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘nal-
tirilgan jarayon. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling