505
bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida
yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.
Oliy ta’lim - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga
asosla-
nib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil
etiladigan hamda mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq
xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli
mutaxassislarni
tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim - jamiyatning oliy mala-
kali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondi-
rish, shaxsning ijodiy ta’lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlan-
tirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari
va ilmiy-tadqiqot muassasa-
larida tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim olish,
shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida
amalga oshiriladigan ta’lim bosqichi.
Oraliq nazorat - o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining
muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim,
ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Oliy ma’lumot darajasi - shaxs tomonidan oliy ta’limning
muayyan ta’lim dasturini mazkur ma’lumot haqida tegishli davlat
hujjati berilgan holda, o‘zlashtirishi natijasi.
Do'stlaringiz bilan baham: