Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom)


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom) - akkre-
ditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga 
beriladigan va ularning oliy ta’limning ta’lim dasturlarini bajargan-
liklarini tasdiqlovchi davlat na’munasidagi hujjat. Hujjat uzluksiz 
ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki 
olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi.
Oliy ta’lim - uzluksiz ta’limning yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlovchi mustaqil turi. Oliy ta’lim muassasalarida amalga oshir-
iladi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura. 
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori 
- oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi 
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining tizimlashtiril-
gan ro‘yxati.


506 
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti - ta’limning bakalav-
riat muayyan yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligiga qo‘-
yiladigan malaka talablari, ta’lim mazmuni, bakalavr yoki magistr 
tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash 
sifatini baholash darajalarini belgilaydigan me’yoriy hujjat. 
Pedagogika (yunoncha “paidagogike” bo‘lib, “paidagogos” - 
bola, yetaklayman) - ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, 
muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh 
avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va 
muammolarini o‘rganadigan fan. 
Pedagogika tarixi - ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi
taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o‘rin egallagan 
pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi. 
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari - shaxsni tarbiyalash
unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish 
tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik 
jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus 
tekshirish va bilish usullari. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling