Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Empirik - hissiy tajriba asosidagi bilimlar va ularning yagona  manbaini hissiy tajriba deb tushunish.  Yakuniy nazorat


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Empirik - hissiy tajriba asosidagi bilimlar va ularning yagona 
manbaini hissiy tajriba deb tushunish. 
Yakuniy nazorat - ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim 
yillik uchun belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan 
bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. 
Yakka ta’lim - ikki xil shaklda bo‘ladi: 1) bir o‘quvchini bir 
o‘qituvchi o‘qitishi ‒ ta’limning juft shakli; 2) mustaqil ta’lim olish 
‒ ta’limning yakka shakli. 
Yakunlovchi davlat attestatsiyasi - bakalavr yoki magistr 
darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum 
talab va tartibotlar vositasida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, 


514 
bitiruv ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi 
tomonidan oliy ta’lim dasturining bajarilishi sifatini baholash. 
O‘z-o‘zini baholash - mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-
atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘nal-
tirilgan faoliyat usuli. 
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari - o‘quvchilarning o‘zini o‘zi 
idora qilishlari, turli o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok 
etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish 
maqsadida qo‘llaniluvchi usullar. 
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish - o‘z shaxsi, mavjud fazilat-
lari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni 
boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat 
usuli. 
O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash – shaxsning o‘zidagi salbiy odat-
lar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo‘qotish, ularni bartaraf etishga 
qaratilgan ichki faoliyat jarayoni. 
O‘zlashtirish - ta’lim jarayonida ustuvor o‘rin tutuvchi ijti-
moiy talablarga muvofiq shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat 
va xulq usullarining egallanishi.
O‘rgatish - tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikma-
lari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil 
qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlar. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling