Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) - ta’lim yakunining mohiya-
tini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilan-
gan maqsadni amalga oshirish darajasi. 
Ta’limni boshqarish - ta’lim muassasalarining faoliyatini 
yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini 
belgilash masalalarini o‘rganadi.
Ta’limning sinf-dars tizimi - dars shaklida muayyan o‘quv-
chilar guruhi bilan o‘quv rejasiga muvofiq tuzilgan aniq jadval 
bo‘yicha olib boriladigan ta’lim jarayoni.
Ta’lim tizimi - davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida 
yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi 
barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui. 
Ta’lim shakli - ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi. 
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) - o‘zaro bog‘langan 
ko‘plab elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik 
va o‘zaro yaxlitlik. 
Tiflopedagogika - (yunoncha typhlos - ko‘r) – ko‘rish qobi-
liyati buzilgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish mu-
ammolarini o‘rganuvchi fan; korreksion pedagogika (defektolo-
giya)ning muhim sohasi. 


510 
Test - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va 
miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov 
vositasi. 
Topshiriq - o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy 
tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan 
usul. 
Tushuntirish - o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umum-
lashma, taqqoslash asosida bayon qilish. 
To‘garak - o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivoj-
lantirish maqsadida sinfdan yoki maktabdan tashqari sharoitda 
uyushtiriluvchi qo‘shimcha ta’lim shakli. 
Taktika - bosh maqsad yo‘lida xususiy, oraliq masalalarni
hal qilishga yo‘naltirilgan harakatlarni tashkil qilish usuli. 
Pirovardida strategik maqsadlarga ko‘proq samara bilan erishishni 
ta’minlash uchun sharoitning o‘zgarishlarini mos ravishda hisobga 
olish. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling