Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Ta’lim va tarbiya mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy 
qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xul-
qi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish 
jarayonining mohiyati. 
Ta’lim vositalari - ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyek-
tiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, 
diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, video-
magnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va 
subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti 
va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar. 
Ta’lim jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil 
etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan 
pedagogik jarayon.
Ta’lim menejeri - ta’lim muassasasi faoliyatini zamonaviy 
menejment qonuniyatlariga muvofiq boshqaruvchi mutaxassis.
Ta’lim metodlari - ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning sama-
rasini ta’minlovchi usullar majmui. 


509 
Ta’lim muassasi ustavi - ta’lim muassasasiga rahbarlik mohi-
yatini yorituvchi hamda uning faoliyatini boshqarish tizimini 
aniqlovchi hujjat. 
Ta’lim konsepsiyalari (lotin tilidan “conceptio” – tizim) – 
ta’lim-tarbiya mazmuni, istiqbolini yorituvchi yaxlit qarashlar tizi-
mi; uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida ta’lim muassa-
salari faoliyati yo‘nalishi, maqsad va vazifalarini belgilashning 
alohida usuli. 
 Ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) - ta’limning 
aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya. 
Ta’lim mazmuni - davlat ta’lim standartlari asosida belgilab 
berilgan hamda ma’lum sharoitida muayyan fanlar bo‘yicha 
o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling