Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Trening - ma’lum yo‘nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish 
bo‘yicha trenerlar tomonidan (rahbarligida) o‘tkaziladigan mash-
g‘ulotlar. 
Tushuncha - narsa va hodisalar, ularning xossalari, ular orasi-
dagi munosabatlarni aks ettiruvchi fikrlar. 
Umumiy pedagogika - maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash 
va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim - o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha 
muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini
asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umum-
bashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, 
mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli mu-
nosabatda bo‘lishni va kasb tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish 
bosqichi. 
Universitet - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari 
bo‘yicha oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini 
amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi. 
Uslub - biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga 
oshirish uchun qo‘llash lozim bo‘lgan usullar majmuasi. 
Usul - biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga 
oshirish tartibi. 


512 
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvo-
fiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning 
muayyan shakli, ko‘rinishi. 
Fuqaro - fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda 
muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan shaxs. 
Fuqarolik - huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, 
ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga 
mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, 
ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik. 
Fuqarolik tarbiyasi - fuqarolik tushunchasining mohiyatini 
anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik mada-
niyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy 
fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling