Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 Tafakkur operatsiyalari - qiyoslash, tahlil, sintez, abstrakt-
lashtirish, umumlashtirish, konkretlashtirish, tasniflash, tizimlash. 
Ta’lim dasturi - o‘quv fanlarining bakalavriat yo‘nalishlari 
yoki magistratura mutaxassisliklariga qo‘yiladigan malaka talab-
lariga muvofiq kadrlarning zaruriy va yetarli darajadagi tayyorgar-
ligini ta’minlovchi, bloklarga jamlangan ro‘yxati.
Ta’limning jamoa usuli (jamoa ta’limi) - o‘quvchilarning 
bir-birini o‘qitish shakli. Har bir o‘quvchiga yangi dars mavzusi 
bo‘yicha bir varaqdan kam bo‘lmagan hajmdagi ilmiy matn yoki 
maqolani qayta so‘zlab berish va hamma savollarga javob bera 
olish darajasida o‘rganish topshiriladi. Har bir o‘quvchi navbatma-
navbat bir necha o‘quvchi bilan bittadan abzatsni, misolni, savolni 
o‘zaro muhokama qilib, o‘zlashtiradi. So‘ngra kichik guruh yoki 
butun sinf oldida so‘zlab beradilar va o‘qituvchining savollariga 
javob qaytaradilar, yozma bayon qilishlari ham mumkin. Bu usulni 
qo‘llash jarayonida yakka va guruhli ta’lim shakllari ham amalga 
oshiriladi. 


511 
Ta’lim metodi - o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muntazam 
qo‘llaydigan, o‘quvchilarga o‘z aqliy qobiliyatlarini va qiziqish-
larini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda ulardan 
amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. 
Ta’lim sifatini nazorat qilish - o‘qitish mazmuni va natijala-
rining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish. 
Texnolog - biror texnologiya mutaxassisi. 
Texnologiya - biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llanadigan
yo‘llar, usullar majmuasi. 
Trener - ma’lum yo‘nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish 
bo‘yicha trening mashg‘ulotlarini olib borish (rahbarlik qilish) 
uchun maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassis. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling