Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

O‘rganish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni 
ko‘rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko‘nikmalarini egallash. 
 O‘qitish sifatini nazorat qilish - talabaning bilim saviyasini 
tekshirish va uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash. 
O‘qitishning me’yoriy muddati - ta’lim oluvchilar tomonidan 
ta’lim dasturi o‘zlashtirilishi uchun belgilangan muddat.
O‘quv yili - oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini 
yakunlashga mo‘ljallangan o‘quv faoliyati davri. O‘quv yili ikki 
kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 2014-2015 o‘quv yili. 
O‘quv fanlari bloki - ta’lim dasturining kadrlar tayyorlash 
jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan 


516 
bilim sohasi yoki faoliyatning o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan 
o‘quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi. 
 O‘quv semestri - oliy ta’lim muassasasida o‘quv yilining 
yarmini tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan fanlarning ma’lum 
majmuini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy 
nazorat bilan tugallanadigan qismi. 
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi - yoshlarni vatan himoyasi 
hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda 
harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma va malakalarini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 
Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va 
voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yorda-
mida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon 
qilinishi. 
Hisobga olish - ta’limning muayyan davrida o‘quvchilar va 
o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirish, xulosalash. 
Huquqiy madaniyat - shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning 
o‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining 
sifat ko‘rsatkichi. 
Huquqiy ong - muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan 
belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo‘lib, 
ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. 
Huquqiy tarbiya - shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-
huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikma 
va malakalarini hosil qilish, unda ijobiy huquqiy sifatlarni qaror 
toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan 
pedagogik jarayon. 
Huquqiy ta’lim - o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar 
hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risidagi tizim-
langan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga 
bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish 
jarayoni. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling