Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi fao-
liyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi 
kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari. 
Uzluksiz ta’lim - malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash-
ning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim 
standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning 
faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. 
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan 
foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab 
chiqaruvchi; 
Ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, 
ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan 
talablarni belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash 
tizimini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash 
jarayonining faol ishtirokchisi. 
Yo‘l (ruscha - priyom) - biror maqsadni amalga oshirish uchun 
tanlangan harakat turi. 
Kasb-hunar kolleji - o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, 
bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan 


499 
kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini 
yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega 
ta’lim muassasasi. 
Kategoriya - fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, 
asosiy tushuncha. 
Kompensatsiya (yunoncha “compensatio” - o‘rnini to‘ldirish, 
tenglashtirish) - oliy nerv faoliyatining zaxira imkoniyatlariga 
tayangan holda organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funk-
siyalarining o‘rnini to‘ldirish yoki qayta qurish. 
Korrektsiya (yunoncha “correctio” - tuzatish) - pedagogik 
uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal 
bolalarning psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini 
qisman yoki to‘liq tuzatish. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling