Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Modullashtirish - pedagogik texnologiya materiallarini mo-
dullarga ajratish jarayoni. 
Monitoring - korxona, tashkilot, muassasa holatini har tomon-
lama baholash va uning faoliyati samaradorligini oshirish maq-
sadida maxsus tashkil qilingan tizimli kuzatuv. Me’yoriy hujjatlar, 
yuqori tashkilotlarning buyruq va qarorlari ijrosi o‘z muddatida 
hamda qanday sifat va darajada amalga oshirilayotganligini 
kuzatuv tizimi. 
Ta’lim-tarbiya sohasida monitoring — o‘quv jarayoni va uni 
boshqarishning uzluksiz kuzatuvini olib borish. 
 Metodik - metodikaga tegishli qat’iy ketma-ketlikka, tizimga, 
ilgaridan o‘rnatilgan reja, tizimga aniq, rioya qilish. 
 Metodist - biror o‘quv fanini o‘qitish yoki tarbiyaviy ishlar 
metodikasi sohasidagi mutaxassis. 
Metodologik - metodologiyaga tegishli, nazariy asoslanish. 


504 
Metodologiya - bilishning ilmiy metodi haqidagi ta’limot. 
Biror fanda qo‘llanadigan metodlar majmuasi. 
Motiv - odamni o‘qishga yoki biror harakatlarni bajarishga 
undovchi turli sabablar yig‘indisi. 
Nazorat (ta’lim jarayonida) - ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma 
va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni. 
Nafosat didi - shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan muno-
sabat bildirish turi, obyektiv nafosat o‘lchovi. 
Nafosat madaniyati - go‘zallikni his etish, undan zavqlanish, 
mavjud go‘zalliklarni asrash va boyitish yo‘lida o‘zlashtirilgan 
bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish 
darajasining sifat ko‘rsatkichi. 
Nafosat ongi - go‘zallik, go‘zallikni his etish, uning mohiyatini 
anglash, nafosat his-tuyg‘usi, nafosat didi kabi tushunchalarning 
ongda aks etishi. 
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya- lotincha “estezio” go‘zallik-
ni his qilaman) - o‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat 
munosabatlari va turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va 
to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda 
go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni 
yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik 
jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. 
Oila - kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umu-
miy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga 
asoslanuvchi kichik guruhi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling