Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Pedagogik mahorat - bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy 
mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi. 
Pedagogik paradigma (yunoncha “paradeigma” - misol, na-
muna) - pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va 
tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) si-
fatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan naza-
riy hamda metodologik ko‘rsatmalar to‘plami; ta’limning 
kontseptual modeli. 
Pedagogik talab - turli xatti-harakatlarni bajarish hamda fao-
liyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi 
zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. 
Pedagogik texnologiya - ta’lim va tarbiya jarayonida zamo-
naviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv 
asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish 
muammolarini o‘rganadi. 


507 
Pedagog kadrlar tarkibi - o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, 
psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijo-
diyot, radiotexnika, sport va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘r-
satuvchi to‘garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar. 
Pedagogik mahorat - ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy 
yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati, 
yuksak pedagogik tafakkur. 
Pedagogik talab - turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat 
jarayonida ishtirok etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan 
ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng 
muhim usuli. 
Rag‘batlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va fao-
liyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngi-
lini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usuli. 
Rivojlanish - shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida 
namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda 
etuvchi murakkab jarayon. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling