Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Faollik - biror maqsad yo‘lida aqliy, jismoniy va boshqa harakatlarni tez va unumli amalga oshirishga intilish.  Shaxs


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Faollik - biror maqsad yo‘lida aqliy, jismoniy va boshqa
harakatlarni tez va unumli amalga oshirishga intilish. 
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xusu-
siyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, 
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi. 
Shaxsni ijtimoiylashtirish - uni jamiyat tomonidan tan olingan 
xulq-atvor me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o‘zlash-
tirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayoni.
Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida 
modellashtirish. 
Ekologik madaniyat - o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvo-
fiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik ong - tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni 
muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi.
Ekologik madaniyat - o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvo-
fiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya - o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni 
berish, ularning mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat 
va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon.


513 
Ekologik ta’lim - o‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, 
tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga 
yo‘naltirilgan ta’limiy jarayon. 
Ekologik faoliyat - ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat 
va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga 
oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui. 
Estetik tarbiya - o‘quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat mu-
nosabatlari, turmush go‘zalligini idrok etish, to‘g‘ri tushunishga 
o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka mu-
habbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish qobiliyatini 
tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi. 
E’tiqod - dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, 
huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik iqtisodiy, hamda ekologik 
bilimlarning takomillashgan ko‘rinishi; muayyan g‘oyaga cheksiz 
ishonch. 
Evristik - yo‘naltiruvchi savollar berish yo‘li bilan o‘qitish 
tizimi; topqirlik, faollikni rivojlantirishga yordam beruvchi ta’lim 
metodi; o‘quv-izlanishli; optimallashtirilgan tafakkurni rivojlan-
tiradi. 
Eksklyuziv - g‘ayri oddiy, faqat ma’lum bir obyektga taalluqli, 
o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlar va boshqa belgilar. Faqat o‘ziga 
berilgan (huquq). 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling